HTC premium bozorga o‘tmoqda

HTC premium bozorga o‘tmoqda

BMBOX.COM

HTC bu yildan byudjet telefonlari biznesini tark etmoqda. Buning o‘rniga kompaniya o‘z rejasi bo‘yicha kattaroq foyda keltiradigan o‘rta premium-sinf va flagman qurilmalarga diqqatini qaratmoqchi.

HTC kompaniyasining smartfonlar va ulanuvchi qurilmalar bo‘yicha prezidenti Chia-Lin Chang arzon gadjetlar sektorini kompaniya katta daromadlarga erishishi mumkin bo‘lgan joy emas, balki “ultra raqobatli” bozor deb atadi.

Yuqori rentabellikka erishish HTC kompaniyasining 2017 yilgi maqsadi sifatida belgilangan bo‘lib, uning rejasi – bozorni byudjet qurilmalar bilan to‘ldirish emas, balki kamroq telefon ishlab chiqarish.

Channing ta’kidlashicha, HTC telefon ishlab chiqarish hajmini qisqartiradi va joriy yilda mobil gadjetlarning faqat olti yoki yetti modelini taqdim qiladi.

BMBOX.COM internet do‘koni sizga HTC smartfon va planshetlarining  keng assortimentini O‘zbekistonda eng arzon narxlarda taklif qiladi.


Report Page