Hotel

Hotel

Min Runa☆

6_qism

Hotel

--Taehyung aqldan ozdingmi nima qilyabsan?

Yigit ovoz kelgan tomonga qarab tabbasum qilgancha gapirdi.

--Charchadim Hyena boshqa yashashimga sabab qolmadi.

--Taehyung bunday qilma õz joniga qasd qilish bu juda katta gunoh.

Õz tomirini kesmoqchi bõlib turgan Taehyung qizni gaplarini eshitib yanada qattiq kula boshladi.

--Nima katta gunoh?..Hyena bu qõrqoqlar õylab topgan gap bõlsa kerak meni yashashimga hech qanday sabab yõq.Men sensiz tirik murdaman ...eshityabsanmi? Tirik murda.Har doim kõzlaringga qaraganimda nafratni kõrish oğir botishini bilasanmi? Jungkook bilan birga yurganingizda rashk qilib azob chekishimni bilasanmi?Menga sensiz hayot kerak emas.Sen yõq ekansan men bu hayotda yashashimda nima ma'no bor?

Taehyung gapirib bõlgach qõlida turgan shisha bõlagi bilan tomirini kesish uchun shishani tomiriga yaqinlashtirdi.Hyena uni bu ishdan qaytarish uchun nima qilishni õylay boshladi.

--Taehyung tõxta avval gaplashib olaylik.

--Men bilan nimani ham gaplasharding?

--Taehyung unday qilma iltimos.

--Meni sendan boshqa yaqinim yõq.Sendan ham ayrildim endi õlishim mumkin.

--Taehyung seni kechirdim iltimos qõlingdagi shishani tashla.

--Kechirish bu sevishingni anglatmaydi.

Taehyung tomiriga sovuq shishani tegdirib kesa boshladi.

--Taehyung ....tõxta Taehyung men ...seni sevaman.

Taehyung Hyenadan bu sõzni eshitib tõxtadi.

--Nima deding yana bir bor qaytar?

--Taehyung qõling qonayabdi.

--Hyena sen bilan yana sevishganlarmiz tõğrimi?

--...Ha shunday sen nima desang shu endi kel qõlingni boğlaylik.

Taehyung turgan holda divanga õtirar ekan Hyena dori qutini olib kelib yoniga õtirdi.Hyena Taehyungni qõlini boğlash bilan ovvora ekan.Taehyung uni kõzatib ancha payt his qilmagan Hyenani iforidan bahra olardi.Tõsatdan Taehyungning miyyasiga kelgan fikrdan tabbasum qilgancha Hyenaga yaqinlasha boshladi.Hyena ishini yakunlashi bilan turib ketmoqchi edi ammo uni Taehyungning qõllari ushlab qolib yana joyiga õtirgizdi va uning yuzidan ushlab lablariga labini bosdi.Hyena biroz esankirab qolgancha Taehyungni itarib yuborib xonadan chiqib ketdi.Taehyung unga hayron ifoda bilan qarab turgancha yana tabbasum qila boshladi.

--Hyena baribir sen meniki bõlasan.Qancha qochsang men senga shuncha yaqinlashaman.Kõrsatgan tomoshamga rostan ham ishonding eh mening soddaginam.

Taehyung

Erta tongdan turib Jungkook Hyenani xonasi tomon yõnaldi.Eshik yoniga kelgandi hamki telefonni jiringlay boshladi.Ekrandagi yozuvni kõrgach Jungkook asabiylasha boshladi.

--Endi meni chaqirishmoqchi shekili.

Jungkook telefonga javob berish uchun gõshakni kõtardi.

📱Eshitaman.

📱Salom Jeon Jungkook meni tanigan bõlsangiz kerak tergovchi Lee man.

📱Ha sizni tanidim nima demoqchisiz?

📱Sizga kõp bor qõnğiroq qildik lekin kõtarmadingiz.Shuning uchun erta tongdan bezovta qilyabman sizni bugun mahkamada tergov xonasida kõtaman.

📱Yaxshi janob Lee ishlarimni tugatgach boraman.

📱Mayli sizni intizorlik bilan kutamiz.

Jungkook telefonni qõygach yana eshik yoniga yaqinlashdi taqillatmasidan avval ochilgan eshikni kõrib xursand bõldi va Hyenani qattiq quchib oldi.

--Jungkook

--Jim biroz shunday turaylik.

Hyena ham uni javoban quchdi.

Hyena

Ikkisi ham xonaga kirib õrindiqa õtirishgach Jungkook gapira boshladi.

--Hyena ahvoling yaxshimi?

Hyena Jungkookga kechagi Taehyung bilan sodir bõlgan voqeani qanday aytishni bilmasdi shuning uchun unga aytmaslika qaror qildi.

--Hammasi yaxshi Jungkook mendan xavotir olmang

--Yaxshiligingdan xursandman.Tezroq bu ishlar tugasayu yana Seulga qaytsak.

--Ha tõğri men ham uyimni, ishimni tashvishsiz hayotimni soğindim.Jungkook õzingiz yaxshimisiz menga negadur bezovtadek kõrinyabsiz?

Jungkook õrnidan turib Hyenani yoniga kelib õtirdi va qõllaridan ushlab kõzlariga qaradi.

--Hyena men senga bir gap aytmoqchiman men doim shu damni kõp kutdim,senga aytmoqchi bõlganimda qandaydur voqea yoki insonlar bazida esa õzim tufayli ayta olmasdim.Hyena men seni butun borliğim bilan sevaman.Sen uchun hammasiga tayyorman sen meni orzuyimsan.Men seni sevaman Park Hyena.

Hyena Jungkookga hayron ifoda bilan qarab turarkan Jungkook fursatdan foydalanib qõllarini Hyenani boshini orqasiga qõyib bõsa ola boshladi.Hyena ham uning bõsalariga javob bera boshlagach Jungkook tabbasum qilgan holda bõsani chuqurlashtira boshladi.Uzoq muddat davom etgan bõsani eshik taqillashi buzdi.Ikkisi ham istamay bir-biridan ajralar ekan Hyena eshikni ochdi.Eshikni yonida tabbasum qilgancha qõlida gullar ushlab turgan Taehyung qizni kõrishi bilan unga yainlashib yuzida õpib qõydi.

--Hayirli tong sevgilim bu gullar senga.

Taehyung gullarni Hyenaga uzatgach.Yana unga yoqimli tarzda qarab gapira boshladi.

#Min_Runa☆

Report Page