HOSTING

HOSTING


Web Hosting




Hammaga salom!                                                                                            Men veb- sayt yaratmoqchi bo'lgan har kim bilishi kerak bo'lgan asosiy asoslardan boshlayman, Ushbu darslikda men sizga sodda qilib aytganda hosting nima ekanligini va umuman nima uchun umuman kerakligini tushuntirib beraman.                                                                                          Hosting (ingl. "web-hosting") - Internet hosting xizmatining bir turi bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarga o'zlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan web-serverlarga joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.

Saytni Internetga joylashtirish uchun birinchi navbatda unga joy kerak. Veb-sahifalarni Internet provayderi serverida joylashtirish va qo'llab-quvvatlash hosting deb ataladi. Joy beruvchi kompaniya esa hoster deyiladi. Albatta "tekinga mushuk oftobga chiqmasligi" aniq, lekin bepul xizmat ko'rsatuvchi hosterlar ham ko'plab topiladi (ular chet davlat saytlari). Ammo ular pullik hosterlarchalik xizmat ko'rsata olmaydi.                                                  

Bepul hosting!

Bepul hostingni yaxshi tomonini shundoq ham bilib olgan bo'lsangiz kerak. Uning yagona qulayligi - bepulligi xolos!

Bepul hostingni yomon tomonlari:

1) O'z mijozi saytiga joy berishda o'z reklamasini ham tiqishtiradi. "Sizdan ugina, bizdan bugina" degandek, siz o'z saytingizni bepul hosterga joylashtirasiz va ularning reklamasini o'z saytingizda "namoyish" etasiz. Internetda (chatda emas!) kamida 6 oylik tajribaga ega foydalanuvchi bepul hosterlarni "o'ta yoqimli" reklamalaridan osongina ajrata oladi. www.nm.ru, www.by.ru, www.boom.ru, www.narod.ru (oʻzbek saytlaridan eslay olmadim) saytlari sizga hosting xizmatini bilan birgalikda, o'z reklamasini ham "taqdim etadi". Reklama chiqarmaydigan bepul hosterlar ham mavjud. Ularga www.50webs.com, www.xlphp.net, www.awardspace.com'larni misol qilsa bo'ladi. Yuqorida sanab o'tilgan hosterlar xizmatidan foydalanadigan bo'lsangiz, sizning saytingiz ikkinchi darajali domenda bo'ladi. (Bu haqda batafsil pastroqda tanishamiz).

2) Dasturlash tillarini qo'llab quvvatlamaydi. Ko'pgina bepul hosterlar dasturlash tillari - PHP, CGI, ASP, MySQL - xullas birortasiniyam qo'llab-quvvatlamaydi. Siz o'z saytingizni HTML va Javascriptda yaratgan bo'lsangiz, bu band sizga taalluqli emas (Ammo dasturlash tillarisiz qanday qilib doimiy ishlaydigan sayt yaratmoqchisiz?).

3) Saytingiz ishlash tezligi past bo'ladi. Bepul xizmat ko'rsatuvchi hosterlar server-kompyuterining ishlash tezligi uncha yuqori bo'lmaydi. Buning ustiga sayt AQShda yoki Yevropaning qaysi bir burchagida turgan server kompyuterda joylashgan bo'lsa ochilishi ham sekinlashadi.

Pullik hosting

Pullik hostingni tanlayotganda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi:

1) disk makoni;

2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi) ;

3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP bayonnomasi orqali erkin foydalanish;

4) standart skriptlar to‘plami;

5) server tomonida dasturlashtirish mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi);

6) serverda ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish – o‘z ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) shell erkin foydalanish;

8) htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiya qilish mumkinligi;

9) log fayllardan erkin foydalanish;

10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.you_name.ru, name1.you_name.ru va boshqa turdagi manzil);

11) bir yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash;

12) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.

Pullik hosting kompaniyalar Oʻzbekistonda asta-sekin ko'payib bormoqda va raqobatga qarab narxlari arzonlashmoqda. Ammo hosterlarning tariflari bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi.

Misol uchun, ko'zga ko'ringan hosterlar - Arsenal-D va Sarkor kompaniyalarining host-tariflarini solishtirib ko'ramiz:

Arsenal-D:

50 Mb uchun oyiga 3000 so'm sarflanadi. 100 Mbgacha 6000 va 200 Mbgacha 12000 so'm.*

Sarkor esa ikki baravar qimmat:

50 Mb uchun oyiga 7000 so'm, 100 Mbgacha 12500 va 500 Mbgacha 41000 so'mni sarflashni talab qiladi. Bir narsani tan olish kerak, ko'p miqdorda joy ajratuvchi hosterlar kam. Joy beruvchilar asosan 20 Mb dan 500 Mb gacha bo'lgan oraliqni ma'qul ko'rishmoqda. Shu sababli ham biror portal-sayt ochmoqchi bo'lsangiz, o'z kompyuteringizni Internetga to'g'ridan-to'g'ri ulab server sifatida ishlatganingiz maqsadga muvofiq.

Pullik hosterlar barchasi hech bo'lmaganda PHP va CGIni qo'llab-quvvatlaydi.

Va albatta ishlash tezligining yuqoriligi. Agar oʻzbek hosterlari xizmatidan foydalanadigan bo'lsangiz, sayt ochilishi ham nisbatan tezroq bo'ladi


Report Page