Hh

Hh

Qu Yosh

Gi de Mopassonning ʼAzizimʼʼ asariga yozgan reviewim

Qu Yosh

Azizim. Gi de Mopasson 


1885-yilda dunyo yuzini koʻrgan. Jahon realistik adabiyoti rivojiga sezilarli xissa qoʻshgan asar. Oʼzbek tiliga Ibrohim Gʻofurov tomonidan tarjima qilingan.




Azizm bu nom bosh personaj Dyuraga jazmani de Marel xonimning qizchasi bergan nom, keyinchalik hamma shu nom bilan atay boshlashadi.




Dyura - koʻrkam, sarv qomatli, ayollarga nima yoqishini biladigan erkak, aynan shu jihati bilan faxrlanar, bundan ustamonlik bilan foydalanardi.




Asar bechorahol Dyuraning xizmatdosh doʻsti Foreste bilan uchrashib qolishidan, uning uyida, kiborlar, maishatparastlar davrasida oʻtirishidan boshlanib ketadi. Tabiatan maishatga oʻch yigitga Sharlining hayoti choʻldagi insonga salqin ʼʼfantaʼʼ kabi koʻrinadi. 




Kitobda burjuaziya, siyosat qoʻlida oʻyinchoq matbuot, kiborlarning yashirin hayoti, cherkov, unga odamlarning munosabati, Fransiyaning Afrika mustamlakachiligi, Dyura orqali arablarga boʻlgan qarash, oʻsha yillar fransuz siyosati, undan foydalanayotgan elita va koʻp jihatlar sodda tilda oʻquvchiga alla aytadi. 




Azizimning shaxsiyati voqealar rivojida ochib berilgan, yaʼni kitobxon oʻqish davomida kashf qiladi.




Demak, iqtiboslar:




Umr - togʻ. Koʻtarilib borarkansan, oʻzingni baxtiyor sezasan, choʻqqilarga nazar tashlaysan, lekin choʻqqiga chiqib ulgurmasingdan darrov pastga tushadigan vaqt boʻlib qoladi, oldinda esa faqat oʻlim bor.




-Xa, muhabbat umrning birdan-bir quvonchi, biroq har xil talablar qoʻyaverib, biz oʻzimiz uni rasvo qilamiz.




​​Yemoq, ichmoq, nafas olmoq, yotmoq, ishlamoq, orzular qilmoq - bu o'limga bormoqdir. Yashamoqning asl ma'nosi ham o'lmoqdir!


 O, bular hammasi o'zingizning boshingizga ham tushadi! Agar siz bu haqda ozginagina o'ylab ko'rganingizda edi, siz uni ko'rgan bo'lar edingiz. 


 Nimani kutib turibsiz? Muhabbatmi? Yana bir qancha bo'salardan so'ng lazzatlardan mahrum bo'lasiz. 


 Yana nima? Pulmi? Nimaga? Xotinlarni qo'lga kiritish uchunmi? Hayf! Sullohlik bilan ovqat yeyish, semirish va kechalari bodning og'rig'iga chidolmay baqirib chiqishgami?


 Yana nima qoldi? Shuhratmi? Lekin sevgidan mahrum bo'lganingizdan keyin shuhratning sizga nima keragi bor?


 Shunday bo'lgach, yana sizga nima kerak? O'lim - haq. 


@sunsbook





Report Page