Eng ko'p berilgan savollarga javob

Eng ko'p berilgan savollarga javob

@uz_hitech

Men oʻzim haqimda yozilgan postdan keyin menga @dengizortidan kanali obunachilari tomonidan juda koʻp savollar kelib tushdi. Ularning koʻpi oʻqish haqida. Oʻqishga qanday kirish, imtihonlar, kontrakt puli, qanday toʻlash mumkinligi, grantlar bormi yoki yoʻq. Shu kabi savollarga umumiy javob berishga urinib koʻraman. Bir narsani oldindan aytib ketaman men oʻqish boʻyicha konsultant emasman. Barcha kerakli maʼlumotlarni oʻzingiz izlab topishga harakat qiling. O’zbek tilida ma’lumotlarni ham topsa bo’ladi YouTubeda Mfaktor, MrOtabekTV, yoki grantlarga ba’gishlangan @edunow kabi telegram kanallar. Qolaversa rus hamda ingliz tillarida juda ko’plab ma’lumot topsa bo’ladi. Qidiring, izlaning va shundagina qo’ygan maqsadingizga erishasiz! 

FAQ


Eng yangi va toʻliq maʼlumotlarni avvalo universitetlarning veb sahifalaridan olish mumkin. Mening fikrimcha bu eng maʼqul va toʻgʻri yoʻli. Shu narsani qancha tez oʻrgansangiz shuncha yaxshi. Chunki har bir universitetning oʻziga yarasha talablari va kontrakt narxlari mavjud. Oʻqish nomini bilsangizu lekin veb sahifasini bilmasangiz uni Googledan topishingiz mumkin, universitet nomini yozsangiz boʻldi.


Men oʻqigan birinchi universitet bu Riga Technical University: https://www.rtu.lv/en

Oʻqish kontrakt puli boʻyicha umumiy aytishim mumkin. AQSHdagi universitetlarga qaraganda bir necha barobar arzonroq. Buning sababi quyidagi misolda.


Ikkinchi universitet AQSHdagi San Francisco State University: https://sfsu.edu

Bu public state oʻzimizni tilda mahalliy shtat universiteti boʻlganligi sababli ularning byudjeti taqsin. Ular boshqa shtatdan kelgan talabalarga qoʻshimcha soliq qoʻyishgan. Shu orqali qoʻshimcha mablagʻ yigʻishadi. Out of state talabalarga chet ellik talabalar ham kiradi. Bu narsani hisob kitobini tushunish bir qarashda qiyindek koʻrinishi mumkin lekin unday emas. Misol uchun bir semestr uchun kontrakt narxi $3500 boʻlsa. Bu summani chetdan kelgan talaba ham mahalliy talaba ham toʻlaydi. Har bir fan koʻpincha 3 unit. Chet ellik talaba kamida 12 unit olishi kerak qonunan. Deylik bir unit $300 turadi. Demak oddiy matematik hisob kitob qilsak 4 ta fan olsangiz 4 x 3 x 300 = 3600. Bu olgan unitlaringizga qoʻshimcha toʻlanadigan summa. Shunda siz umumiy hisoblab koʻrganda 3500 + 3600 = 7100 dollar toʻlashingiz kerak boʻladi. Bu xisob kitob albatta misol tariqasida edi. To’liq haqiqiy kontrakt narxi shtat va universitetga qarab har xil boʻladi va yana shu sabab universitetlarni saytini topib oʻzingiz oʻrganib chiqishni maslahat beraman. Xususiy universitetlarda bunday ikkiga boʻlish yoʻq. U yerda hamma bir xil toʻlaydi. Shuningdek xususiy universitetlarda koʻpincha chet elliklar uchun ham grantlar beriladi.


Men ikkala universitetda ham grant yutmaganman, uydagilarim qiyin boʻlsa ham yordam berishgan. Yevropada paytim Erasmus+ scholarshipini ham oʻqish uchun ham internship uchun tanlanganman. Lekin oilaviy sabablarga koʻra oʻqish uchun boʻlganini ishlatmaganman va Yevropaning boshqa davlatiga oʻqish uchun bormaganman. Internship esa oʻqishdan keyin ishlatish mumkin edi, men oʻqishimni SFSUga koʻchirib olib kelganman.


Ishlashga va oʻzingizni eplab yurishga kelsak. Men oʻqigan vaqtda ayta olaman balki hozir oʻzgargandir. RTUda oʻqishdan tashqari qonunan ruxsat olmasdan haftasiga 20 soat ishlash mumkin edi. SFSUda esa campus ya'ni o'qishning o'zida (kutubxona, repetitor, ofis yoki professor yordamchisi kabi ishlar) ruxsat olgandan keyin haftasiga 20 soat ishlashingiz mumkin. Campusdan tashqarida esa vaqtinchalik ruxsat olib ishlash mumkin faqat ishlashga toʻgʻri kelganligini isboti boʻlishi kerak. Bu masala biroz qiyinroq bo'lishi mumkin. Oʻqishga kelgandan asosiy maqsad oʻqish boʻlishi kerak ishlash emas shuning uchun sizdan oʻqishga kirishdan oldin bank hisobingizda oʻqish soʻragan maxsus mablagʻ bormi yoʻqmi deb soʻraladi. Bu haqida toʻliq maʼlumotni universitet saytidan topishingiz mumkin yoki oddiy Googledan qidirib koʻring. Ba'zi sohalarda CPT va OPT bilan talaba o'z sohasida ishlab tajriba ortirish imkoniyati ham bor, buning uchun ham ba'zi talablarga javob berish kerak bo'ladi. Batafsil o'zingiz qidirib ko'rsangiz tushunib olasiz. Bu masalalar immigratsion qonunchilik bilan chambarchas bogʻliq va bu haqida rasmiy maʼlumotlarni olgan maʼqul. Men bu borada maslahat bera olmayman va yuqoridagi gaplar to'liq ma'lumot bo'la olmaydi.


Umuman olganda iloji boʻlsa grant olishga harakat qiling, misol uchun mana bu Oʻzbekistonlik yigit Berea kollejida bepul oʻqib chiqqan. Boshqa bollar ham 100% lik grantlarni yutishganliklarini ham eshitgan edim. Misol uchun:

Grantlar yutish sirlari


Oʻqish sifatiga kelsak menga AQSHda oʻqish koʻproq yoqdi va foyda olib keldi. Oʻqituvchi ustoz va professorlar ham koʻpincha sizga yordam berishga tayyor. Umumiy tomondan aytmoqdaman, aynan Computer Science boʻyicha emas. Computer Science uchun siz oʻzingiz qayerda oʻqishingizdan qatʼiy nazar mustaqil shugʻullanishingiz kerak. Mening hikoyamda yozilganidek umumiy fanlar menga koʻproq bilim berdi oʻz sohamdagi fanlarga nisbatan. Hatto iqtisodiyot yoʻnalishida minor (ikkinchi kichik mutaxassislik) qilish niyati ham bor edi, menga oʻqisang boʻlardi deyishgan biznes fakultetidagilar. Menga iqtisodiyot fani juda yoqqan edi. Oʻsha payti ham hozir ham bank va moliya sohasiga qiziqishim katta. Lekin men oʻqishni tezroq bitirishni xohlagan edim, qolaversa unga qoʻshimcha mablagʻ ketar edi.


Universitetda oʻqish umuman olganda dasturchi boʻlish uchun kerakmi yoki yoʻqmi degan savolga oldin ham javob berib koʻrishga harakat qilganman, mana bu yerda. Qisqa qilsak oʻqish kerak, lekin dasturchi boʻlish uchun oʻzingiz bari bir mustaqil harakat qilishingiz kerak.

Ishga joylashish haqida men bir ikki marta yozganman. Mana bu videoda ham toʻliqroq misollar bilan aytib oʻtilgan.


Oʻylashimcha barcha umumiy savollarga javob berdim. Kimda yana boshqa umumiy savol boʻlsa birinchi Googleda qidirib koʻring. Yana bir bor aytaman o’qishdan va izlanishdan to’xtamang men bermagan ma’lumotlarni boshqa joylardan izlab topishga harakat qiling! 


Kanalga ulanish: https://t.me/uz_HiTech


Report Page