Gul

Gul


Anchadan beri, online darslarning sovuniga kir yuvyapmiz. Yaqinda, shu ishlarning boshlanganiga ham ikki oy to‘ladi. Kim ham o‘ylabdi deysiz, bir haftalik amaliyotga deb xayrlashgan kursdoshlarning shuncha vaqt ko‘risha olmasliklarini...
Shu ikki oy davomida, biz ancha o‘zgardik. Talabalar ham, ustozlar ham, rahbarlar ham.
Bugungi murojaatimiz talabalarga bag‘ishlanadi.
Birinchi navbatda talablarni ikki toifaga bo‘lish kerak: o‘qish uchun kirganlar, sayr uchun kirganlar.
Sayr uchun kirganlarning taqdiri aniq: Tibbiyot oliygohini bitirgan oliy ma‘lumotli haydovchilarning ildizi shunga borib taqaladi. Agar siz shunday toifaga kirsangiz va bu yerga adashib kelib qolgan bo‘lsangiz chiqib ketavering.
O‘qish uchun kirganlar esa, albatta, yaxshimi yomonmi shifokor bo‘lishadi. Faqat bu yerda, bitta omil borki, u talabani doimo boshqarib turadi. Bu Dangasalik. Butun insoniyatning hayoti dangasalik ustiga qurilgan. Samalyotlar, poyezdlar, hatto, qo‘lingizdagi telefon ham dangasalikning mahsuli! Dangasalikning cheki yo‘q...
Shunday paytlarda, o‘qish uchun kirgan talabalarga dangasalikdan qochish uchun bir ikki og‘iz so‘z bilan motivatsiya kerak bo‘ladi:
✔Talaba, avvalo, o‘qituvchiga tobe bo‘lma! La‘nati pulning uyi kuysin, to‘g‘ri muhtojmiz. Lekin bu degani, pul so‘rab, manfaat ilinjida seni qiynayotgan "ustozga" bo‘yin egish kerak degani emas! Pul berma, manfaatiga ishlama! Natijasi ayon: kontrakt bo‘lsang, ota onangdan uyalishing mumkin. Lekin, ularga bo‘layotgan vaziyatni tushuntirsang unaqa 5 kerak emas deyishlari, aniq. Ketayotganingda qo‘lingga tutqazilgan bir parcha qog‘ozda 3 raqami turadi; ingliz va rus tilini bilsang ham, 3 baho olgansan deb chetga yuborishmaydi, sening o‘rningga "Сипосибо" deb yurgan Shermatni yuborishadi. Grand bo‘lsang, stipendiya ham ketdi... (Albatta, aytilayotgan fikrlar faqatgina ba‘zi "ustoz"larga tegishli. Chin Ustozning, poyini o‘psang arziydi!)
Endi, o‘yla sen nimani yo‘qotding?! Qog‘ozdagi raqam senga muhimmi?! Agar bu kelajakdagi boshlig‘imga muhim bo‘lishi mumkin deb o‘ylasang, xato qilasan! Zamonaviy muvaffaqiyatli rahbarlar diplomni ochib ham ko‘rishmaydi! Agar ochib ko‘rsa, unga ishlama. Umringni kuydiradi.
Nima yo‘qatyapsan, pulmi? Odamlar pul uchun nimalar qilishmaydi. Ota-onamga yordam bo‘ladi deb o‘ylama, ular uchun sening sog‘ligingdan boshqasi kerakmas. Qalovini topsang, qor ham yonadi! Tog‘ri tushuntir, tushunishadi. Pul shunchalik zarur bo‘lsa, ishla. Qiz bola bo‘lsang ham. Xarajatingni kamaytir https://t.me/joinchat/AAAAAE_Gekz3sumea-PhHQ

Report Page