Gulnora Karimovaning dunyo bo‘ylab joylashgan ko‘chmas mulklari, shaxsiy samolyoti, oltin yombilari.

Gulnora Karimovaning dunyo bo‘ylab joylashgan ko‘chmas mulklari, shaxsiy samolyoti, oltin yombilari.

🌐OLTIARIQ_TV

Yoxud o‘zbek xalqidan o‘g‘irlangan million-million pullar qaytarilishi shart!

Foto: O‘zA.

5-mart kuni Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagram’ga joylagan storisda onasi o‘z xonadonidan o‘g‘irlab ketilganligi haqida ma’lum qilgan edi.

Keyinroq Bosh prokuratura holat yuzasidan izoh berib, Gulnora Karimova endi jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashini e’lon qildi.

O‘zA jurnalist Ismat Xushevning (Kanada, Toronto shahri) ushbu voqealar yuzasidan shaxsiy kuzatuv va xulosalarini e’lon qildi. Uni kichik qisqartirishlar bilan keltirib o‘tamiz.

III

Demak, hammasi tushunarli.

Gulnora Karimova qamoqdan ozod qilinarkan, munosib xulq-atvorga ega bo‘lish va tergov bilan hamkorlik qilish haqida o‘zi imzolagan qonun-qoidalarni buzgan.

Shu bilan birga, tergovga yaqin kishilar xabariga ko‘ra, Gulnora Karimova O‘zbekistondan o‘g‘irlab olib chiqib ketgan pullarni – o‘zi va’da qilganidek, davlatga qaytarishga shoshilmayapti.

Aksincha, Gulnora Karimova, uning o‘g‘li Islom va qizi Imon vaqtida noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan, ayni damda chet el banklarida saqlanayotgan pullarni O‘zbekiston budjetiga qaytarilishiga to‘sqinlik qilishmoqda.

Bu pullar o‘zbek xalqining pullari, ular birovlarning cho‘ntagiga emas, balki davlat xazinasiga qaytarilishi lozim.

IV

Ana shunday bir paytda Imon va Islom noqonuniy boyliklarini himoya qilish uchun inson huquqlarini pesh qilib, o‘zlarini oqlash va himoya qilishga urinishlari juda ham kulgili.

Xalqimizda “Yemoqning qusmog‘i ham bor” deb bejiz aytilmagan.

O‘zbekistonda bugun Gulnora Karimova tomonidan talon-toroj qiligan va o‘z haqlarini qaytarib ololmagan yuzlab kompaniya va minglab aldangan va talangan kishilar bor. Ularning haq-huquqini tergov himoya qilmoqda. Gulnora tergovni aldash bilan, ana shu kompaniyalar, alal oqibat davlatni va o‘zbek xalqini aldamoqchi bo‘lyapti.

Qolaversa, Gulnorani o‘z otasi qamadi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev esa unga imkoniyat berib, insonparvarlik qilib, qilgan xatongni tuzat, o‘zingni oqla, deya​ qamoqdan ozod qildi. Gulnora davlat rahbarining bu iltifot va ishonchini oqlamayapti, o‘z otasida topilmagan rahm-shafqat va odillik qadriga yetmayapti...

V

Gulnora va uning farzandlari turli yo‘llar bilan himoya qilayotgan, o‘z davrida yuzlab noqonuniy ​kompaniya va odamlardan tortib olingan bu boyliklarning miqdori va ko‘lamiga bir nazar solsangiz ajib hayratlarga oshno bo‘lasiz. Bugun yer yuzining hamma joyida insonlar uchun bir dollar topish qanchalar mashaqqat bo‘lgan bir paytda bu boyliklar miqyosi va miqdori, bahosi va viqori odamni dahshatga soladi.

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk va boyliklar ro‘yxati:

– 4 qavatli uyning bir podyezdidagi 1, 3, 4-qavatlarida joylashgan kvartiralarning manzili: 25 Chesham street, London.


– Gonkongdagi ko‘chmas mulk. “Arka” turar joy massividagi Pentxaus . Manzili: 80A Moon Tower, The Arch, 1 Austin Road West, Kowloon, Hong Kong.


– Birlashgan Arab Amirliklaridagi ko‘chmas mulklar:

№31 va №33 raqamli villalar (Zabeel Saray Royal Residence, Villa # 31, 33), JUMEIRAH ZABEEL SARAY nomli eng boy va muhtasham mehmonxonalar markazida joylashgan ko‘chmas mulk manzili – Crescent Road West, The Palm Jumeirah, Dubai, United Arab Emirates, P.O.Box: 27722, Dubai, United Arab Emirates.

Bu ko‘chmas mulklar jami 36,9 mln. AQSh dollariga sotib olingan bo‘lib, ularning boshlanish narxi 43 mln. AQSh dollari.

– 4001, 4002, 4003 raqamlardagi uch dona qimmatbaho pentxaus. Ular Bonnington, Jumeirah Lakes Towers nomli Dubayning eng qimmatbaho va elitniy rayonida joylashgan. Manzili: UAE, Dubai, Emirates Hills First, Bonnington tower Bldg, penthouse 4001-4003.

– The PALM JUMEIRAH nomli 13,1 mln dollarga baholangan yer maydoni.

DAMAC HEIGTS nomli osmono‘par binoda joylashgan ikki kvartira. Ular Dubayning DUBAI MARINA gavanida qad rostlagan. Palma Jumeyra orollariga qarashli bu koshona 1.2.3 va undan ko‘p xonalardan iborat bo‘lgan dunyoning eng antiqa va noyob pentxauslari sirasiga kiradi...

– Fransiyadagi ko‘chmas mulklar:

Parij atrofidagi eng go‘zal va xushmanzara go‘shadagi mana bu dala hovli 2011-yilda 30 million AQSh dollariga sotib olingan.

Manzili: Château de Groussay rue de Versailles 78490 Montfort l´Amaury

– Fransiya poytaxti Parij shahridagi kvartiralar manzili: Monyry 75015 Paris (prospekt Mareshal Monori, Parij, Il-de-Frans). Bu shinam va qimmatbaho kvartiralar 2007-yil 30 million Yevroga sotib olingan...

– San-Tropedagi villa. Manzili: 34 LOT Chenarae 1, 83580 Gassin. 2010-yilda 2,5 million yevroga sotib olingan.

– Rossiya Federatsiyasidagi ko‘chmas mulklar:

Rossiyaning eng boy va badavlat odamlari yashaydigan Rublyovkadagi uy:

– Bir xonalik kvartira manzili: Moskva, Sivashskaya ko‘chasi, 6/1, kv.58.

– Moskvadagi uch xonalik eng nufuzli rayondagi yana bir kvartira manzili: Moskva, Krasina ko‘chasi, 21-uy, 1 qavat...

– Umumiy maydoni 420 m² keladigan uch qavatli turar joy manzili: Moskvaning Komsomolskiy prospektidagi Kamelot massivi, 32-uy, 122 kvartira...

– Qrimdagi eng qimmat pansionat manzili: Qrim Respublikasi, Yalta shahri, Beregovoy manzilidagi Kiparisnaya ko‘chasi, 15 korpus...

– Qrimdagi muhtasham mehmonxona manzili: Qrim Respublikasi, Yalta shahri, Beregovoye posyolkasidagi Kiparisnaya ko‘chasi 50 uy A korpus...

– Shveysariyadagi ko‘chmas mulk:

Ikki qavatli villa manzili: 7 Chemin De La Prévôté, Cologny, Geneva.

Shveysariya matbuotiga ko‘ra, bu villaning rasmiy sohibasi Gulnora Karimova bo‘lib, bu qimmatbaho go‘shani 2009-yil sotib olgan...

– Fransiyadagi villa...

– Sidjakdagi Gulnora Karimovaning rezidensiyasi...

– Gulnora Karimovaning shaxsiy samolyoti “Bombarder global ekspress”, 48 mln. AQSh dollariga sotib olingan...

– Gulnora Karimovaning chet el banklarida saqlanayotgan oltin yombilari.

VI

So‘ngso‘z o‘rnida:

So‘ngi paytlarda Gulnoraning ikki farzandi xorijdagi ommaviy axborot vositalarida onalari go‘yo nohaqlik va qonunsizlik qurboni bo‘lganini ta’kidlab, u haqda odamlar tafakkurida ijobiy fikrlar paydo qilishga harakat qilib kelmoqdalar.

Bu bilan ular omma fikrini manipulatsiya qilish orqali, onalari o‘zbek xalqidan o‘g‘irlagan million-million pullarni O‘zbekistonga – davlat xazinasiga qaytarmaslikni niyat qilgan ko‘rinadilar.

Ammo, davlat – hamma mamlakatda davlat! U bilan o‘ynashmaslik kerak.

Gulnora Karimova istaydimi, yo‘qmi xalqning pullari – xalqqa qaytarilishi shart! 

Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas!


Report Page