Gul

Gul

@doctor_ergashev

Bir malika xizmatkoriga buyuribdi: 

- Bog‘ga kirib menga eng chiroyli gulni uzib kel!

- Xo‘p, debdi xizmatkor va bog‘ga ketibdi.

Bog‘ga kirish bir tarafdan, chiqish boshqa tarafdan, yurib o‘tilgan yo‘ldan orqaga qaytilmas ekan. 

Xizmatkor bog'ga kirib boraveribdi, chiroyli gulni topibdi, gul bamisoli nur sochib turgandek, ifori bilan atrofni tutib turgan ekan. Mahliyo bo‘lib qarabdi, biroz turib o‘ylabdi, "balki bundan ham chiroylisi bordir" degan fikr kelibdi va yo‘lida davom etibdi.


Bog‘ni kezibdi, bundan ham chiroyli gulni topibdi, yana shu fikr kelibdi, davom etibdi. 


Qancha chiroyli gullarni ko‘rib, omadi kulayotganidan xursand holda bog‘ning oxiriga kelib qolganini sezmay qolibdi. Oxirida esa bir dona xunuk gul qolgan ekan...

Report Page