Gripp

Gripp

@yuldashevuz

Gripp (frans.grippe), inflyuensa ((ital. influenza, lot. infl uo — tarqalaman) — 1780—82-y.larda gripp yoppasiga tarkalganda unga berilgan nom.) — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasifaoliyati buziladi. G.ni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, V turi uchraydi. G. viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan soʻng yuqish ehtimoli yoʻqoladi, quyosh nuri taʼsirida tez nobud boʻladi. Past haroratda, ayniqsa xavo harorati 0° dan past boʻlganda virus uzoq saqlanadi. Shu sababli G. kasalligi sovuq mavsumda koʻproq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) taʼsirida viruslar tez nobud boʻladi. Isiriq tutuni ham G. viruslarini oʻldiradi.

G. butun dunyoga tarqalgan, har 2 — 3 y.da G. epidemiyasi qayd etiladi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yoʻtalganida, gaplashganila virus havo zarrachalari va soʻlak tomchilari bilan atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus bemor organizmidan koʻplab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yoʻllari orqali tushadi.

Aholining barcha tabaqalari (bolalar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklarga chalingan odamlarga G. tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarda kasallik kam kuzatiladi.

Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri juda qisqa — bir necha so-atdan 1 — 2 kungacha. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Sogʻlom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas boʻladi, harorati koʻtarila boshlaydi. Oradan 1 — 2 soat oʻtgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon boʻladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 — 40° gacha koʻtariladi, bemor junjikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat koʻtarilib boʻlgach, bemorning badani qiziydi, betoqat boʻladi. Aʼzoi badani, boshi, qoʻl-oyoq muskullari zirqirab ogʻriydi. Ayniqsa, peshona va chakka sohasida ogʻriq kuchli boʻladi. Baʼzan bemorning boshi aylanib, koʻzi tinadi. Koʻz yoshlanadi, qizarib ketadi, koʻz soqqasida ogʻriq boʻladi. Burun "bitib" qoladi, nafas olish qiyinlashadi, tomogʻi ogʻriydi, ogʻzi qaqraydi, quruq yoʻtal paydo boʻladi. G. yengil, oʻrtacha va juda ogʻir oʻtadi. Kasallik ogʻirroq kechganda koʻngil aynishi, qusish, burun qonashi ham mumkin.

G. keksalar va bolalarda ancha ogʻir kechadi, organizmda ilgaridan mavjud boʻlgan surunkali kasalliklar, odatda, zoʻrayadi, baʼzan boshqa kasalliklar — zotiljam qoʻshiladi. G.dan keyin oʻpka shamollashi, buyrak, miya pardalari nerv tugunlari va tolalarining yalligʻlanishi kabi asoratlar kuzatiladi.

Davolash. G. bilan ogʻrigan bemorni kasalxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada yotgani maʼqul. Faqat kasallik ogʻir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqiziladi. Kasallikning ogʻir-yengil oʻtishidan qatʼi nazar, bemor yotishi lozim. Viruslarga taʼsir etuvchi remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlarda qoʻllanilsa yaxshi naf beradi. Shirchoy, limonli murabbo (ayniqsa malina, smorodinali), qatiq, qoqurum ichib terlash bemor ahvolini yaxshilaydi. Vrach tavsiyasi bilan ogʻriq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar tavsiya etiladi;Oldini olish. G. tarqalish ehtimoli boʻlgan kezlari maxsus profilaktika maqsadida G. vaksinasi bilan emlash oʻtkaziladi. Asosan bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi; vaksina burunga tomiziladi. G.ga qarshi gammaglobulin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tutatib turish maqsadga muvofiq.

Hayvonlarda G.ni Orthmyxo-duridae oilasiga mansub viruslar qoʻzgʻatadi. Choʻchqalar, otlar, qoramol va parrandalar kasallanadi. Otlarda G. qisqa muddatli isitma, qaltirash, koʻzdan yosh oqishi, yuqori nafas yoʻllari katari bilan boshlanadi, quruq yoʻtal tutadi. Kasallikda laringotraxeit, bronxit, ogʻir hollarda pnevmoniya kuzatiladi. Qoramollarda kasallik oʻtkir kechadi, tana harorati koʻtariladi, konʼyunktivit, rinit yuz beradi, ishtaha yoʻqolishi mumkin. Parrandalarda G. (parrandalar oʻlati) epizootiya koʻrinishida kechadi, nafas va hazm aʼzolari shikastlanadi. G. uy parrandalarining hamma turida uchraydi.

Oldini olish: parranda, otlar maxsus vaksinalar bilan emlanadi, veterinariya-sanitariya tadbirlari koʻriladi.

L.Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya asoslari, T., 1997.

Gripp


Report Page