Greencard

Greencard

Saidjamol

​​🇺🇸GREEN CARDGA OILAVIY BIRLASHUV YOKI HOMIYLIK ORQALI EGA BO’LISH🇺🇸


Hozirda AQSHga ko’chib o’tishning ommaviylashgan turidan biri homiylik yoki oilaviy birlashishdir. AQSHning qonunchiligi to’g’rirog’I AQSH immigratsiyasi qonuni qarindoshlaringizni AQSHga muqim yashash va ishlash uchun chaqirib olish imkonini beradi. Bu ular MYaJ olish huquqiga ega bo’lishadi degani.


Quyida chaqirib olishi mukin bo’lgan qarindoshlar ro’yxati:

1. Er/xotin.

2. Oila qurmagan farzandlar

3. Oila qurgan farzandlar

4. Ota-ona

5. Aka-uka/ opa-singil


Siz yuqorida qayd etilgan qarindoshlaringizga homiy bo’lib chaqirib olishingiz mumkin, agarda siz AQSH fuqarosi bo’lsangiz.


Grin kard egalari esa faqatgina quyidagi qarindoshlari uchun homiy bo’lishlari mumkin:

1. Er/xotin

2. Oila qurmagan istagan yoshdagi farzandlar.


Amerikalik ish beruvchining arznomasi singari, AQSHga ko’chib o’tishning homiylik usuli ham anchayin murakkab jarayon sanaladi. Buning uchun AQSH fuqarosi yoki rezidenti (muqim yashovchi) va chet el fuqarosining ishtirokini talab etadi.


Avvalambor, immigratsion viza I-130 ga ega bo’lish uchun arznoma chet ellik qarinshingizga homiylik qilish uchun, homiylik qiluvchi qarindosh tomonidan berilishi lozim va bu AQSH fuqaroligi va immigratsiyasi xizmati (USCIS)tomonidan tasdiqlanishi lozim.


Birinchi ariza tasdiqlangandan keyin, chet el fuqarosi va homiy qarindosh I-485 formasiga ariza berishlari lozim. Bu formada AQSHdagi homiy fuqarolar yoki rezidentlar o’zlarining chet ellik qarindoshlariga homiylik qila olish qurbiga ega ekanliklarini isbotlashlari kerak.


Bu joriy qilingan yashash minimumining 125% dir. Siz forma to’ldirishda xatolikka yo’l qo’ymaganligingizga ishonchingiz komil bo’lishingiz uchun siz immigratsiya ishlari bilan shug’ullanuvchi yuridik firma bilan maslahatlashingiz lozim.


Yana shuni ham aytib o’tish lozimki, siz faqat 5 turdagi qarindoshlaringiz uchun MYaJ olishingiz mumkin.


Bu guruhlarga odatda , sizning qarindoshlaringiz immigratsiyasi markazi ajratadi.


Shuna ham ta’kidlab o’tish joizki, harbiylar oilasiga va harbiylarning o’ziga ba’zi bir qulayliklar beriladi. Bu haqida siz to’liq ma’lumotni immigratsion xizmatlarning rasmiy (http:/www.uscis.gov/military)saytidan olishingiz mumkin.


Bundan tashqari, siz 2 yil oldin qochoq maqomini olgan bo’lsangiz, siz o’z turmush o’rtog’ingizni ham chaqirib olish huquqiga egasiz.


Kanalimizga qo'shiling!

https://t.me/joinchat/AAAAAFMNO9O7CmrqK1DKug

Report Page