Green Card

Green Card

🌐OLTIARIQ_TV

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card lotereyasiga oid muhim ma’lumot bilan bo‘lishdi.

@oltiariq_tv


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi Green Card lotereyasiga oid muhim ma’lumotni e’lon qildi.

“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi dasturiga kiritiladigan fotosurat yangi yoki yaqinda olingan bo‘lishi shart. Olti oydan ko‘p muddat avval olingan fotosuratni topshirish dasturdan chetlatilishga, ya’ni diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin!”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, har yili 100 mingdan ortiq Diversifikatsiya lotereyasi qatnashchilari “Grin-kard” (“Green Card”)ni yutib olish uchun kurashadi. Mintaqada “Grin-kard” lotereyalari eng ko‘p ajratilgan mamlakatlar orasida Rossiyadan keyin O‘zbekiston turadi.


Report Page