Gipertoniya

Gipertoniya

Gipertoniya kasalligi, birlamchi (essensial) arterial gipertoniya, idiopatik arterial gipertoniya — odamlarda koʻp uchraydigan …


G.k. klinik kechishiga qarab ikki xil boʻladi: 1) sokin, uzoq muddat davom etadigan va 2) shiddatli, tez rivojlanadigan va qisqa vaqt ichida bosh miya, buyrak yetishmovchiligi hamda koʻrishning keskin pasayishiga olib keladigan shakl.


Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 1978-yilda qabul qilingan G.k.ning tasnifi quyidagi bosqichlardan iborat:I bosqich qon bosimi oshishining koʻrsatkichi 140/90 mm simob ustunidan yuqori boʻlib (mas, 150—180/90-* 105) markaziy nerv sistemasi, yurak-tomir va buyrak sistemasining zararlanishi belgilarisiz kechadi, uzoq muddat davom etmaydi va bemor iztirobdan qutilgandan soʻng hamda qon bosimini tushiruvchi, tinchlantiruvchi dorilar ichilgandan va organizmga maʼlum muddat dam berilgandan keyin uning ahvoli yaxshilanadi va arterial bosim koʻrsatkichlari tez orada moʻʼtadillashadi.

Bunyodkor mahallasi

Report Page