Gipersomniya

Gipersomniya


Gipersomniya ortiqcha va surunkali kunduzgi uyquchanlik bilan xarakterlanadi. Bunday uyqu buzilishidan aziyat chekuvchi insonlar yetti soatlik tungi uyqudan so’ng ham, uyqudan mamnun uyg’onishmaydi.

Bunday uyqu buzilishiga yo’liqqan insonlar butun kun davomida — ishda, ovqatlanish mahalida va hattoki ko’pchilik insonlar qurshovida biroz bo’lsa ham uxlab olishadi.

Bu turdagi uyqu buzilishi 17–24 yoshdan boshlab erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi. Aholining qariyb 1 foizi gipersomniyani boshdan kechiradi.

Shuningdek, ushbu uyqu buzilishi depressiya, bipolyar kasalliklari, Altsgeymer xastaligi, Parkinson kasalligi, fiziologik va patologik atrofiya bilan ham uzviy bog’liq.


Alomatlari

Undan aziyat tortuvchi insonlarning uyqudan uyg’onishi, o’rnidan siljishi qiyin kechadi, parishonxotir va ba’zida jig’ibiyron kayfiyatda yuradilar. Uyqudan to’liq uyg’onishi bir necha daqiqa yoki bir necha soatni olishi mumkin. Bunday insonlar kuniga to’qqiz soat uxlab ham, o’zlarini tetik his qilishmaydi. Gipersomniya tashxisi qo’yilishi uchun, bemorda quyidagi alomatlar haftada kamida uch marotaba kuzatilishi lozim:

Beshinchi Amerika psixiatriya birlashmasi(DSM-5) bergan tasnifga ko’ra, gipersomniya alomatlari quyidagilardan iborat:

  • Kamida yetti soatlik tungi uyqudan so’ng ham, ortiqcha uyquchanlik
  • Kunduzi qayta-qayta uyquga ketish
  • Yetti soatlik uyqudan so’ng ham, kunduzi uyqu bosishi
  • Uyqusirash, bir necha daqiqa yoki bir necha soatlab davom etuvchi behushlik yoki mudroqlik
  • Uyqu vaqtining uzayishi (kuniga 14-18 soat uxlash)
  • Ortiqcha uxlash natijasida o’zini lohas yoki lanj his qilish

Mazkur alomatlarning bir oydan ortiq vaqt davom etishi chuqur gipersomniyadan darak beradi. Alomatlar bir oydan uch oygacha davom etishi kasallikning jiddiyligini ko’rsatadi. Alomatlarning uch oydan ortiq vaqt kuzatilishi esa surunkali xastalik hisoblanadi.

Boshqa alomatlar:

  • Xavotir
  • Jig’ibiyronlikning ortishi
  • Quvvatning susayishi
  • Bezovtalik
  • Fikrlash jarayonining sekinlashuvi
  • Nutqning sekinlashuvi
  • Ishtahaning yo’qolishi
  • Gallyutsinatsiyalar
  • Xotira bilan bog’liq muammolar
  • Ishda, uyda yoki ijtimoiy doirada to’laqonli faoliyat yurita olmaslik


Sabablari

Narkotik dori vositalari yoki alkogol ichimliklar iste’moli gipersomniyani keltirib chiqarishi mumkin. Boshqa uyqu buzilishlari, xususan, narkolepsiya yoki uyqu apneasi yoki vegetativ nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi ham uni keltirib chiqarishi mumkin. Fiziologik muammolar, misol uchun tanadagi o’simta, bosh chayqalishi yoki markaziy nerv sistemasining shikastlanishi ham ushbu xastalik rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, turli dorilar iste’moli yoki ularni qabul qilishni to’xtatib qo’yish gipersomniyaga sabab bo’lishi mumkin. Yana boshqa sabablarga bir necha bor sklerozni boshdan kechirish, depressiya, epilepsiya yoki ortiqcha vaznlikni keltirish mumkin. Ayrim insonlarda gipersomniyaga tug’ma irsiy moyillik mavjud bo’ladi.


Davolash

To’g’ri turmush tarziga amal qilish holatni yaxshilashi mumkin. Yaxshi ovqatlanish bilan birga, tuni bilan ishlab uyquga kech yotmaslik ham bu muammoni hal qilishi mumkin.


Manba: Hypersomnolence

Kanalga ulanish: Inson psixologiyasi

Report Page