Gimnastika sport turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi

Gimnastika sport turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi 8-Fevruary 2022

Joriy yilning 4-fevral kuni “Yoshlar” sport majmuasida Turizm va sport bosh boshqarmasi tashabbusi hamda viloyat Gimnastika federasiyasining yillik taqvim rejasiga asosan "2022 yil-Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla" yili davlat dasturiga bag‘ishlangan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musoboqada Navoiy shahar, Zafarobod shahar va Qiziltepa, Nurota, Karmana, Xatirchi, Navbahor tumanlaridan jami 56-nafar sportchi qizlar ishtirok etdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar va malakali hakamlar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Obuna bo‘ling 👉 https://t.me/navoitourism

Report Page