Ghj

Ghj


Ulkan maqsadlar sari qadam tashlang, butun millat siz bilan!

August 29, 2020 by Ikromova Obida

Assalomu alaykum tengdoshim, men uchun qadrli bo'lgan opa-singlim! Ayol borki olam munavvar, butun borliq siz bilan mukammal, siz bilan go'zal va albatta siz bilan bir butundir. Siz beg'ubor singilsiz, siz metindek mustahkam opasiz, siz dunyodagi jamiki aziz ne'matlarning yaratuvchisi - mehribon onasiz! Butun jamiyat, qo'yingki, butun davlat taqdiri sizga, xa aynan sizga bog'liq! Siz sabab yurtimiz gullab yashnaydi, siz tarbiyalagan, voyaga yetkazgan insonlar sabab yurtimiz ravnaq topadi, siz o'rgatgan bir harf orqali qanchadan qancha insonlar butun dunyo ilmiga poydevor qo'yishi mumkun. Bularning barchasiga esa o'zingiz tamal toshini qo'yishdan boshlashingiz kerak, butun dunyoni o'zgartirmoqchimisiz, unda avvalo o'zingizni o'zgartirishdan boshlang! Biror ishni qilmoqchimisiz, biror maqsadni oldingizga qo'ydingizmi, bularni albatta bugun bajaring! Qo'rquv nomli mag'lubiyatni, o'zgalarning sovuq nigohlarini, o'zingizga bo'lgan ishonchsizlikni unuting! Bular huddi quyosh chiqishidan oldingi kichik bulutchalarga o'xashaydi. Lekin siz ularni hayotingizdan chiqarib tashlay olasiz, so'ng yorqin quyosh misoli porlaysiz. Eng muhumi, siz o'zligingizni anglay olasiz. O'tgan vaqtga aslo pushaymon yemang, vaqtni orqaga qaytarishning iloji yo'q. Lekin, buning uchun - maqsadingizni amalga oshirish uchun ayni bugundan harakat qilishni boshlang, ertaga bajaraman deb, bugun qimmatli vaqtingizni yo'qotmang. Dunyoni anglashga harakat qiling. Buning uchun esa bor e'tiboringizni ilm olishga qarating! Har kuni bitta narsa bo'lsa ham o'rganing. O'rganganlaringizga amal qilsangiz, rejalaringizni amalga oshira boshlaysiz! Dunyoga go'zal nigoh bilan qarash fursati yetdi, bor imkoniyatlaringizni ko'rsatadigan, butun borliqqa jajji qalbingiz buyurgan e amalga oshirish vaqti keldi. Bu vaqt - sizning vaqtingizdir. Qani olg'a yurtdoshim, butun millat siz bilan!

Report Page