GGGGG

GGGGG


Tog‘lardan keyin o‘rmonda sayr qilish, olomon ichida yurishni xushlamaydiganlar uchun ayni muddao. Ochiq havoda inson o‘ziga bo‘lgan ishonchni his etadi. Finlandiyada Immalanyarvi oroli yaqinida (Levi shahridan uncha uzoqda emas, shved chegarasidan bir necha 10 km uzoqlikda) 18 ta hovli uylar joylashgan. Shundan ma’lumki, bu yerda tinchlik va hotirjamlik kafolatlanadi. Qo‘shimchasiga ajoyib shimol tabiati, yuzasi silliq ko‘llar va boshqa g‘aroyib tabiat manzaralarining guvohi bo‘lasiz. Qishda muzlagan ko‘l ustida chang‘ida uchishingiz, yozda esa ot bilan o‘rmonni sayr qilishingiz mumkin.

Bolgariyaning uzoq qishloq joylari

Bolgariyada XX asr boshida odamlar tashlab ketgan uy-joylar bor. U yerlarda deyarli hayot yo‘q. Lekin uylar haligacha yaxshi saqlanib turibdi. Tajribali sayyohlar borib u yerdagi hayotni qayta tiklashlari mumkin. Aprelitsi shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yaqindagina bir mehmonxona ochilgan. U yerdagi xonalar soni boshqa binolarniki bilan deyarli bir xil. Isitish tizimi pechlar orqali amalga oshiriladi. Mehmonlar simsiz internetdan ham foydalanishlari mumkin. Mehmonxona derazasidan g‘oyatda go‘zal tog‘ va qirlar manzarasini tomosha qilishingiz mumkin. Bog‘larida olma, olxo‘ri, nok kabi mevalar yetishtiriladi.

Italiya monastirlari

Aynan monastirlarda dam oling demoqchi emasmiz. Yaqinda Italiyaning Umbriya hududida mehmonxona ochildi. Mehmonxona egasi sayyohlarning tinchligini ta’minlash uchun butun bir vodiyni sotib oldi. Bu joyda yaxshi yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Issiq pol va shaxsiy hovuzdan tortib, spa salonlarigacha mavjud. Mazkur inshoot ko‘rinishi o‘rta asrlar cherkovlarini eslatadi. Bu yer yozuvchi-yu shoirlar va bepayon kengliklarni xush ko`ruvchi insonlarning sevimli maskaniga aylangan. 


Report Page