Biz kuchli ojizmiz

Biz kuchli ojizmiz

Muxlisa Orifjonova
Bu menman)

Bolaligimda har safar dadamga ergashib qishloqqa borardim. Meni yelkalariga ko'tarib yurganlarida o'zimni xuddi urushdan qahramon bo'lib qaytayotgan generallardek his etardim! O'shanda qizlar bilan gurullashib o'ynayverardik, o'ynayverardik... Mening kaltagina ko'ylakcham, o'rilmagan sochlarim, erkaliklarim ulardan ajralib turishimga sabab edi. 

Men hozir ham ko'p boraman qishloqqa. O'sha qizlarni jajjigina qizchalari bilan ko'raman. O'n yetti, o'n sakkiz yoshlarida ona bo'lgan ular. Meni ko'rishlari bilan shunday havas qilib boqishadi. "Voy, go'zalim, boplaysiz, o'qing, shoshilmang, bizni o'rnimizgayam o'qing!". Ba'zan o'ylab qolaman, erta turmush aslida shaharda ham kam emas. Lekin chekka qishloqlarda... Men o'sha tengdoshimga qarata aytgan bo'lardim: Dugonajooon, avvalo, o'zingni yorqin kelajak egasi ekanligingga, oldinda seni ulkan marralar kutayotganiga ishontir! Keyin ota-onangni. Biz qullik davrida yashamayapmiz. Agar yurakdan istab harakat qilsang, ular seni tushunishadi. Tushunmagan taqdirlarida ham har holda harakat qilgan bo'lasan. Yana o'zingni o'zligingni rivojlantirishdan charchama! O'ylab ko'r, o'rtoqjon, ertaga turmush o'rtig'ingga faqat xotin bo'lasanmi, yoki dildosh, maslakdoshmi, farzandlaringga pishir-kuydir, supur-sidirdan bo'lak yana nimalarni o'rgata olasan? Aytaylik, biror chet tilini mukammal bilsang, kamida dilbandingga ham o'rgata olasan-ku... Nima bo'lganda ham qismatga ba'zan qarshi tur! Kelajakni maksimal darajada yorqin tasavvur qil va unga intil! Har bir qarshilik-to'siq! To'siqlar esa yengib o'tish uchun! Lekin o'zingni, o'zligingni, beg'uborligingni unutma! Yana shuni yodingda tut, To'maris, Janna D'ark, Margaret Tetcher ham ayol bo'lgan, kuchli ayol! Kelajakka ishongan ayol! Orzularga ergash, dugonajon, armonlarga suyanib qolma! Baxtli bo'laylik!  

Report Page