Grafik dizayner bo'lish uchun qanday dasturlarni o'rganish lozim?

Grafik dizayner bo'lish uchun qanday dasturlarni o'rganish lozim?

Najot Ta'lim

Agarda sizda grafik dizaynerlikka qiziqish bo'lsa, lekin bu kasb egalari qaysi dasturlar bilan ishlashini bilmasangiz "Najot ta'lim" o'quv markazi sizga grafik dizaynerlik kursiga taklif etadi. 

Bu kursda sizlar:

▪️Adobe Photoshop;

▪️Adobe Illustrator;

▪️Adobe Experience Design (Adobe XD);

▪️Corel Draw ;

▪️Adobe InDesign dasturlarini to'liq o'rganib zamonaviy hamda daromadli kasb egasi bo'lishingiz mumkin.

Adobe Photoshop — Adobe Systems firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilayotgan ko'p funksiyali grafik muharrir. U dastlab 1988 yilda Tomas va Jon Noll tomonidan yaratilgan. Asosan rastorli tasvirlar bilan ishlashga mo'ljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastorli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi;


Adobe Illustrator — vektorli grafik muharriri sifatida yaratilgan bo'lib, dizaynerlar undan turli maqsadlarda foydalanadilar: reklama, tabriknomalar, plakatlar, kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqalarda. Dastlab Apple Macintosh uchun ishlab chiqilgan, Adobe Illustratorning rivojlanishi 1985 yilda boshlangan. Rang va matn kiritish qobiliyatiga ham ega;


Adobe Experience Design (Adobe XD) — Adobe Systems tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, interfeysni rivojlantirish dasturi hisoblanadi. Vektorli grafika va web tartibni qo'llab quvvatlaydi va kichik faol prototiplarni yaratadi;


Corel Draw — vektorli grafikaning WINDOWS operatsion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik koʻrinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy koʻrinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bogʻliq amallarni bajarish mumkin;


Adobe InDesign — PageMakerdan keyingi kengaytirilgan dastur hisoblanadi. Ushbu dastur sizga bosma mashinalarga va ish stoli printerlariga chiqish uchun hujjatlar yaratishga, shuningdek yaratilgan hujjatlarni turli formatdagi elektron nashrlarga, shu jumladan PDF programmasiga eksport qilishga imkon beradi;


Bu kasb sizni yanada qiziqtirgan bo'lsa biz bilan bog'laning!

Tel: +998998280011

Administratorga bogʻlanish: http://t.me/najoteduadmin

Telegram: https://t.me/najotedu

Facebook: https://www.fb.com/najotedu

Instagram: http://instagram.com/najottalim

Twitter: https://twitter.com/najottalim

Goog orqali topish: https://goo.gl/maps/zsPtEDLUWwnNogdQ7







Report Page