Germaniya

Germaniya



Germaniyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi lager!

Germaniya poytaxti Berlin shahrida 2019-yil 21-31 iyul kunlari bo'lib o'tadigan Youthopia 2019 yozgi lageriga arizalar qabul qilinayotganini ma'lum qilamiz. Ushbu dasturning afzallik tomoni shundaki qatnashchilarning barcha xarajatlari (turar joy, oziq-ovqat, transport xarajatlari) dastur tomonidan to'liq qoplab beriladi. Qabul soni: 30 ta. Butun dunyodan 30 nafargina ishtirokchi tanlab olinadi va O'zbekiston fuqarolari ham ushbu dasturga ariza topshira oladilar. Dasturning asosiy maqsadi butun dunyoda tinchlik, baarqarorlik va o'zaro tenglikni qo'llab quvvattlashdir.

Talablar quyidagicha: Ariza topshiruvchilar 18-28 yosh orasida bo'lishlari kerak, nomzodlar ingliz tilini juda yaxshi darajada bilishlari kerak chunki lagerdagi barcha loyihalar, ma' ruzalar hamda muhokamalar ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu dasturga talabadan tortib oddiy ishchigacha barcha soha vakillari birdek ariza topshira oladilar. Ariza uchun nomzodlar onlayn formani to'ldirishlari talab qilinadi. Shoshiling, arizalar 2019-yilning 10-apreliga qadar qabul qilinadi. 

To'liqroq ma'lumot olish hamda savollar uchun quyidagi elektron pochta orqali bog'laning:

youthopia.eu@outlook.de

Report Page