Germaniyada qanday o’qisam bo’ladi? Nemis tilini mukammal bilishim shartmi?

Germaniyada qanday o’qisam bo’ladi? Nemis tilini mukammal bilishim shartmi?

 @terdu340

Germaniyada o’qish narxlari qimmatmi?

Yevropaning boshqa davlatlardagi oliy o’quv yurtlaridagi narxlar bilan solishtirsak, Germaniyada unchalik qimmat emas. Albatta, xususiy universitetlar, kollejlar, bundan tashqari semester uchun 20.000 yevro to’lanadigan qimmat MBA – dasturlar ham mavjud. Ammo oddiy davlat universitetida 100 yevrodan 600 yevrogacha(bir semester uchun). Aniq narxi universitetning qaysi federal hududda joylashganiga bog’liq. Shunga binoan, Bavariya, Gamburg va Quyi Saksoniyada o’qish Germaniyaning boshqa federal hududlaridagi universitetlariga qaraganda qimmatroq( 500 yevrogacha) bo’lishi mumkin.

Nemis tilini mukammal bilishim shartmi?

Nemis tilini bilish kerak. Lekin, Germaniyada endi o’qishni boshlamoqchi bo’lganlar bundan qo’rqishmasin. Nemis tilini bilish bir nechta darajalarga bo’linadi: A1, A2, B1, B2, C1, C2. Eng mukammal daraja C1, boshlang’ich elementar daraja esa A1. Nemis oliy o’quv yurtiga kirish uchun esa B2 daraja kifoya qiladi.

Qolganini esa Germaniyaning o’zida maxsus til kurslarini o’rganish davomida o’rganib olishingiz mumkin. Qancha til bilish darajangiz yuqori bo’lsa, ta’lim olish borasidagi imkoniyatlaringiz ham shuncha yuqori bo’ladi. Bundan tashqari u yerda ingliz tilida olib boriladigan ko’pgina ta’lim dasturlari ham mavjud. Universitetga xujjat topshirayotgan abituriyentlar nemis tilini bilish darajalarini namoyon etishlari uchun TestDaF yoki DSH imtihonlarini topshiradilar.

Kirish imtihonlari qanday o’tadi?

Magistratura yoki Doktorantura yo’nalishlarini bemalol ingliz tilida o’qish mumkun. Bu yo’nalshlarga kirish imtihonlari mavjud emas. Universitetga kirishdan oldin maktab shahodatnomasi yoki yurtingizdagi universitet diplomini hamda IELTS yoki TOEFL sertifikatlarini yuborasiz. Sizning baholaringiz nemis baholash shkalasida qayta hisoblanadi va o’rtacha balla aniqlanadi (Notendurchschnitt).

Bakalavr yo’nalishi ko’p hollarda nemis tilida o’qitiladi. Imtihonsiz qabul qilinishingiz uchun O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida kamida ikki kursni tamolagan bo’lishingiz kerak bo’ladi. Asosiy talab etiladigan hujjatlar maktab shahodatnomasi, oliy o’quv yurtidagi baholar va nemis tilidan TestDaF yoki DSH sertifikati talab etiladi.

Agar o’qish ingliz tilida bo’lsa, IELTS yoki TOEFL va nemis tilini ma’lum darajada bilish (masalan A2, B1) haqida sertifikat talab etiladi.

Agar Germaniyda o’qishni O’zbekistondagi maktab yoki oliy o’quv yurtinig birinchi kursini tugatgandan so’ng boshlamoqchi bo’lsangiz, Germaniyada ‘Studientkolleg’nomli (1 yil) tayyorlov kursida (imtihon topshirib kirish kerak) o’qishingiz kerak bo’ladi. Bu kursni tugatgandan so’ng esa ‘Feststellungsprüfung’ nomli imtixondan o’tishingiz kerak.

Baholash sistemasi qanday?

Nemis maktablarida eng a’lo baho – “butun” 1, “ikki” bu yerda yaxshi, “uch” qoniqarli, “to’rt” va “besh” – juda yomon(bizning tizimda 0 baho). Bundan tashqari, universitetlarda ECTS: European Credit Transfer System – ballarni baholash va o’tkazish tizimi mavjud. Ushbu tizim butun Yevropada amalda. Uning qulaylik tomoni shundaki, siz Yevropaning boshqa universitetlarida o’qish jarayonida imtihonlardan olgan baholaringiz nemis universitetlarida ham hisobga o’tadi. Bir o’quv yili 60 ECTS kreditlariga to’g’ri kelib, 1500 – 1800 o’quv soatlarini o’z ichiga oladi. Bakalavr bosqichiga chiqish uchun 180 dan 240 ECTS kreditlarini to’plashingiz kerak bo’ladi.

O’qishni bitirgach vizani uzaytirsam bo’ladimi?

Qonun bo’yicha biror nemis universitetini tamomlagach, mutaxasisligingiz bo’yicha ish topish maqsadida u yerda yashash muddatingizni yana 18 oyga uzaytirish huquqiga egasiz.

Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo’ladigan Germaniya oliygohlari ro’yxati

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to’g’ridan-to’g’ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan holatlar kengaytirilgan edi. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 500 talik ro’yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to’g’ridan-to’g’ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilandi.

Manba: nihol.org
Kanalimizga qo'shiling: 👉https://t.me/joinchat/AAAAAEIevQLn53XYEeHqfA

Report Page