Germaniya

Germaniya

Hayitov gurugi MChJ

Germaniya mehnat agentligi har yili chet ellik talabalarga ta’til payti germaniyada ishlab qaytish imkonini beruvchi dasturni amalga oshiradi.

 

Bu dasturga kimlar qatnashishi mumkin?

Ushbu dasturga mehnat yoshiga yetgan, chet el oliygohlarida yoki kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan talabalar qatnashishi mumkin.

 

Dastur bo’yicha qancha vaqt ishlash mumkin?

Bir yil ichida 90 kungacha vatanida ta’lim olayotgan muassasaning ta’til paytida

 

Qanday hujjatlar kerak?

Ikki turdagi to’ldirilgan anketa va agar mavjut bo’lsa haydovchilik guvohnomasining nusxasi

 

Hujjat topshirishning oxirgi muddati qachon?

Mehnat agentligi hujjatlarni 30.01.2019 gacha qabul qiladi. Xatlar yetib borish muddatlarini inobatga olgan holda oldinroq hujjatlarni jo’natishga e’tibor qaratishingizni so’raymiz.

 

Nemis ish beruvchisi men bilan qanday aloqada chiqadi?

Agar nemis ish beruvchisi sizga ish berish istagida anketangizni Germaniya mehnat agentligidan olsa bu haqda sizga e-mail orqali javob yozadi.

 

Qanday sohalarda ishlashim mumkin?

Ko’pchilik hollarda sizni Germaniyada mehmonxonalar va restoranlar yordamchi sifatida ishga taklif qilishadi. Bundan tashqari kichik oshxonalar (masalan Fast foodlar, Burger Kinglar) ham sizga ish taklif qilishi mumkin. Siz tozalikni saqlash va tartiblash kabi sohalarda ishlashingiz mumkin.

 

Qancha miqdorda maosh olishim mumkin?

Mana eng qiziq joyiga ham yetib keldik.  Siz germaniya fuqarolari kabi ish beruvchining tariflariga asosan maosh olasiz. Bu maosh ko’b hollarda soatiga 9-11€ atrofida bo’ladi. Haftasiga 40 soatgacha ishlashingiz mumkinligini hisobga olsa bu maosh oyiga 1500-1870€ atrofida bo’ladi. (brutto)

 

Xo’sh meni qanday xarajatlar kutib turibti?

Safar xarajatlarini o’zingiz qoplashingiz kerak bo’ladi bu sizga taxminan 4500000 so’m atrofiga tushadi. Bundan tashqari siz birinchi oy yashash xarajatlaringizni qoplashingiz kk ya’ni ijarada turish ovqatlanish. Ko’pchilik hollarda bu 400€ tushadi . (ijara puli 200€ ovqatlanish 150€ va transport)

 

Menga yana kim yordam bera oladi?

Sizning ishchi sifatidagi huquqlariz nemis ishchilarining huquqlari bilan bir xil va bu huquqlarizni Germaniya mehnat vazirligi himoya qiladi. Ish beruchi tomonidan sizga nisbatan har qanday qonun buzulish holati haqida Germaniya mehnat agentligining jamoatchilik bilan aloqalar bo’limiga  ( 030221911004 ) telefon raqami orqali xabar berishingiz mumkin . Germaniya mehnat agentligi sizning huquqlaringizni himoya qiladi.

O’rtacha maoshlar haqida bu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin.

bu xizmat sizga dushanbadan payshanbagacha 8:00 dan 20:00 gacha 03060280028 telefon raqami orqali ham yordam berishi mumkin.

Sizning ishlaringizga omad tilab Hayitov Guruhi MChJ, Germaniya mehnat agentligi

Ushbu ma’lumotlarni tayyorlashda  Germaniya mehnat agentligining internetdagi sahifasidan foydalanildi

 

© Hayitov guruhi MChJ

. Barcha huquqlar himoyalangan


Report Page