🔴 GENETIKA 🔴

🔴 GENETIKA 🔴

𝓓𝓻. 𝓜𝓾𝓱𝓪𝓶𝓶𝓪𝓭𝓪𝓵𝓲


📗 BILIB QOʻYING.

▬▬▬▬▬▬▬▬▬


🅰 Allel va allel boʻlmagan genlar.


🔵 Allel genlarning oʻzaro taʼsir etish xillari quyidagilar...

1) Dominantlik

2) Retsessivlik

3) Oʻta dominantlik

4) Chala dominantlik

5) Kodominantlik


🔴 Allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsir etish xillari quyidagilar...

1) Komplementar

2) Epistaz

3) Polimer irsiylanish


📕KOMPLEMENTARIYA

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬


📗 Komplenentar irsiylanishda (lotincha complement-toʻldiruvchi) — bir asosiy gen ikkinchi toʻldiruvchi gen tasir qiladi. 


Masalan.


🎯 Xoʻrozlar toj shakli...(F² 9:3:3:1)

Yongʻoqsimon — A_B_

Gulsimon — A_bb

Noʻxatsimon — aaB_

Oddiy — aabb


🎯 Xoldor toʻti pat rangi.(F² 9:3:3:1)

Yashil — A_B_

Havorang — A_bb

Sariq — aaB_

Oq — aabb


🎯 Noʻxat guli... (F² 9:7)

Qizil — A_B_

Oq — A_bb, aaB_ , aabb


🎯 Qovoq mevasi.. (F² 9:6:1)

Yumaloq (sharsimon) - A_bb, aaB-

Gardishsimon — A_B_

Uzunchoq — aabb


🎯 Komplementar irsiylanishda F² da ajralish 9:7, 9:3:3:1, 9:3:4, 9:6:1 nisbatlarida boʻladi.


📗 Komplementar irsiylanishning eng xarakterli tomoni ota-onaga oʻxshmagan organizmlarni rivojlanishi birinchi va ikkinchi avlodlarda kuzatiladi.


📗 EPISTAZ 

▬▬▬▬▬▬


🔊 Epistaz — bir genning unga noallel ikkinchi gendan ustun kelishi. Epistaz dominant yoki retsessiv boʻlishi mumkin.


🔊 Oʻziga allel boʻlmagan bironta genning taʼsirini toʻsib oʻzining belgisini yuzaga chiqaruvchi genga - epistatik gen, belgini yuzaga chiqara olmaydigan genga gipostatik gen deyiladi.


Masalan ...


🌀 Piyozda... (F² 13:3)

Oq — I_A_ , I_aa, iiaa

Rangli — iiA_


🌀 Itlarda jun rangi... (F² 12:3:1)

Oq — I_A_ , I_aa

Qora — iiA_

Jigarrang — iiaa


🌀 Tovuqlarda pat rangi. (F² 13:3)

Oq — I_C_ , iicc

Qora — iiC_


🌀 Epistazda F² da ajralish dominant epistazda 13:3, 12:3:1 nisbatlarda, Retsessiv epistazda esa 9:3:4 nisbatda boʻladi.


🔊 Epistazning xarakterli tomoni ota-onaga oʻxshamagan organizmlarni rivojlanishi faqat ikkinchi avlodda kuzatiladi.


📘 POLIMER irsiylanish

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬


📌 Polimer irsiylanish — Allel boʻlmagan bir nechta genning bitta belgini rivojlanishiga oʻxshash taʼsir etishidir. Polimer hodisasini shved olimi Nilson Ele birinchi boʻlib oʻrgangan. 


📌 Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polimeriyaga ajratiladi. 


📌 Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining irsiylanishini namoyon etadi.


🔎 Bugʻdoy don rangi...

4 ta dominant gen - qizil

3 ta dominant gen - och qizil

2 ta dominant gen - pushti

1 ta dominant gen - och pushti

Dominant gen boʻlmasa - oq


🔎 Bugʻdoy doni rangini irsiylanishi kumulyativ polimeriyaga misol boʻladi. F² da fenotipik nisbat 1:4:6:4:1


📚 Kumulyativ polimeriyada F² da fenotipik nisbatlar...


➖ Diduragayda

5 xil - 1:4:6:4:1


➖ Triduragayda

7 xil - 1:6:15:20:15:6:1


➖ Tetraduragayda

9 xil - 1:8:28:56:70:56:28:8:1


📚 Nokumulyativ polimeriyada F² da fenotipik nisbatlar...


➖ Diduragayda

    2 xil - 15:1


➖ Triduragayda

     2 xil - 63:1


➖ Tetraduragayda

     2 xil - 255:1



Tuzuvchi👇

👨‍💻 @OYBEK_Alisherovich 

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬


📌 KANALIMIZ

💟 @I_LOVE_BIOLOGIYA

Report Page