gdh

gdh

Temurbek

Bugun siz uchun yana bir internet kasb haqida ma’lumot berishga harakat qilaman. Umid qilamanki ushbu mavzuga qiziqasiz, chunki, xozirda o’zim ham shu mutaxasislik bo’yicha izlanishlar olib borayapman. O’qish jarayonida orttirgan tajribam va xulosalarim haqida siz bilan bo’lishaman.

Ha, aytgancha, kasbning nomi “Grafik dizayner”. Grafik dizaynerlik kasbi haqida birinchi eshitib turgan bo’lsangiz, sizda grafik dizayner o’zi kim ekan, u nima ish qilar ekan, degan savol tug’ilishi tabiiy, albatta. Uning kim ekanligini bilmaydiganlar bordir, ammo ushbu mutaxassisning qilgan mexnat maxsulini siz erta tongdan boshlab, to uyquga ketguningizcha ko’rasiz.

Qiziqdingizmi? Bu maqolada men grafik dizayner bo'lishning besh sababi, bu kasbni o’rganishning uch usuli uchta kerakli dastur va albatta, haqiqiy dizaynerdan o'qishga arziydigan beshta maslahat va nihoyat o’nta kitob haqida ma’lumot bermoqchiman. O’ylaymanki, bu ma’lumotlar sizga az qotadi. Chunki, bu kasb bo'yicha maqolalar seriyasini sizga taqdim qilmoqchiman, keyingi maqolamizda, qanday qilib mashhur grafik dizayner bo’lish mumkin degan savolga javoblar berib o'tamiz.

Grafik dizayner kim o’zi, aslida?

Grafik dizayner atrof-muhitni grafik vositalari bilan bezash bilan shug’ullanadi. Bu kasb chizmachilik, rassomchilik va informatika faniga qiziqqanlar uchun to’g’ri keladi. Grafik dizaynerlar, albatta, dizayn bilan shug'ullanadi, ammo to'qimachilik dizayni, na me'moriy dizayn ularning vazifalariga kirmaydi. Ularning faoliyat sohasi- kitoblar, gazetalar va jurnallar sahifalari, veb-saytlar va reklama, interaktiv kompyuter dasturlaridir.

Bu kasb egalari, shriftlarni, jurnal sahifalarining tartibini, reklama modullarini ishlab chiqadi, rasmlarni, kollajlarni qiladi, vitrinalarni yaratadi. Tabiiyki, dizaynerning kompyuter savodxonligi darajasi o'rtacha foydalanuvchi darajasidan ancha yuqori bo’lishi kerak.

Dizayner-rassom. Biroq, rassom va «kompyuterchi» o'rtasida sezilarli aloqalar mavjud: bosma materiallar, reklama mahsulotlari bilan bog'liq dizayn yechimlari muayyan dasturiy ta'minot yordamida yaratilgan bo’ladi.

Bu kasb egalari nima ish qiladi:

·Sayt interfeyslarini yozadi.

·Kitoblar, jurnallar, gazetalar, bukletlar va boshqa bosma mahsulotlarning maketlari ustida ishlaydi.

·Yodgorlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

·Qadoqlash materiallari dizayni bilan shug'ullanadi.

·Turli xil mahsulotlarni yaratadi: shriftlar, logotiplar, ramzlar, savdo belgilari va boshqalar. 

Bu kasbda qanday mahorat va fazilatlarga ega bo’lish kerak?

Kompyuterda ishlash bilan bog'liq barcha kasblar obro'li va yaxshi haq to'lanadigan hisoblanadi. Ammo ularning orasida nafaqat yaxshi pul, balki zavq-shavq ham keltiradigan juda qiziqarli mutaxassisliklar mavjud. Agar siz bu kasbni tanlasangiz¸siz aynan shunday kasb egasiga aylanasiz. Bu mutaxassislikning o'ziga xosligi nafaqat ijodiy, kreativ va obro’liligida, balki ishni boshlash uchun maxsus ta'limga ega bo’lish shart emasligidadir.

Kasb tanlayotganda faqatgina unga bo’layotgan talab va maoshga tayanish noto’g’ri. Shaxsiy qobiliyatlarga ham e'tibor qaratishingiz kerak. Agar sizda ijodiy ruhiyat bo'lmasa, o'zingizni ijodkor inson deb hisoblamasangiz, unda siz grafik dizaynni yarata olmaysiz. His-tuyg'ularsiz, badiiy qarashga, iste'dodga ega bo’lmagan odamlar bu kasbni tanlamaganlari maqul.

Siz grafik dizayner bo’la olasizmi?

Grafik dizaynerning ishidagi yana bir muhim narsa shuki, agar rassomning ijodiy hissiyotlarini hech kim va hech nima cheklamasa, grafik dizaynerining ishini cheklab qo’yadigan omillar talaygina:

·        Buyurtmani bajarish doirasining xususiyatlari;

·        Mijozlar istaklari;

·        Siz ishlashingiz kerak bo'lgan vositalar; (Masalan, agar logotip ishlab chiqilsa, mahsulotning o'zi uchun talablar, u nafaqat go'zal qilib bajarilishi, balki esda qolishi kerak, boshqalardan ajralib turishi kerak).

·        Bir nechta muhim vazifalarni bir vaqtning o'zida hal qilish zaruriyati va boshqalar.

Shuning uchun bu kasbni tanlashdan oldin, yaxshillab o’ylab ko’rish kerak bo’ladi. Siz to’g’ridan-to’g’ri insonlarning xohish va istaklari bilan ishlaysiz. Agar, men kelajakda grafik dizayner bo’lmoqchiman desangiz, birinchi o’rinda odamlar bilan ishlashni o’rganing!

Grafik dizaynerlikni nimadan va qayerda o’qishni boshlash mumkin?

Tabiiyki, bu kasbni egallash uchun faqatgina istakning o’zi yetarli emas. Avvaliga kasbni o'rganish uchun juda ko'p narsa talab qilinadi, masalan:

·        Bir qator kompyuter dasturlarda ishlay olish

·        Rassomchilik, rangli tasvir, grafikalar va shu kabilarda nazariy asoslarga tayanish

·        Shriftlar bilan ishlash

·        Grafika turlarini tushunish

·        Mijozlarni topishni va h.k.

Ishingizni professionali bo'lish uchun siz ko’p va uzoq izlanishingiz kerak. Yuqorida aytib o’tganimdek, ushbu kasbni egallash uchun maxsus ta’lim shart emas. Kerakli dasturlar yordamida bemalol o’zingiz mustaqil o’rganishingiz mumkin.

Kasbiy rivojlanishga qiziqish bildiradigan har qanday shaxs uchun profil kitoblar zarur. Grafik dizaynerlar bundan mustasno emas. O'zingiz o'qishni xohlaganingizni tanlang, lekin grafik dizaynerlarning ko'pchiligining fikriga ko'ra, grafik dizaynerning ish stolida turishi kerak bo’lgan kitoblari ichida eng yaxshi 10 ta kitoblarning nomlari va mualliflarini quyida keltirdim:

1.  Belskiy "G’oyalarni amalga oshirish»( С. Белски «Воплощение идей»).

2.  Nyuark " Grafik dizayn nima?». (К. Ньюарк «Что такое графический дизайн?»).

3.  E. Tuemlov " Grafik dizayn: o’zgacha uslub» (Э. Туэмлоу «Графический дизайн: фирменный стиль»).

4.  «Mijozlar bilan ishlash uchun grafik dizaynerga ko'rsatma» («Руководство графического дизайнера для работы с клиентами»).

5.  «Elementar brend yaratish» («Элементарное создание бренда»).

6.  Gordon, M. Gordon “Grafik dizayn. Master-klass”. (Б. Гордон, М. Гордон «Графический дизайн. Мастер-класс»).

7.  Hembry «Grafik dizayn ustasi».( Р. Хембри «Графический дизайн»).

8.  Royem "Vizual fikrlash. Vizual tasvirlar yordamida fikringizni qanday sotish mumkin ". (Д. Роэм «Визуальное мышление. Как продавать свои идеи при помощи визуальных образов»).

9.  Ustin «Dizayndagi kompozisiya». (В. Устин «Композиция в дизайне»).

10.          Monteyro «Dizayn bu- ishdir». (М. Монтейро «Дизайн – это работа»).

(Agar kitoblarni o’zbek tilidagi varianlarini topa olmasangiz, rus tilidagi nomlarini keltirdim.)

Grafik muharrir qanchalik ko'p dasturlarni bilsa, ishlashi shunchalik oson bo'ladi. Dasturlarni o'rganing va o'z mahoratingizni oshirib boring.

Eng muhimi — o’zingizni ishonchli foydalanuvchi deb his qilish va loyiha yaratish uchun, iloji boricha ko'proq amaliyot bilan shug’ullaning.

Grafik dizaynerning ish haqqi qancha?

Grafik dizaynerlar ko’pincha freelanceni tanlaydilar. Ular o’zlari uchun qulay joyda ishlaydilar yoki o’z studiyalarini ochadilar. Bundan tashqari, mutaxassislar reklama agentligi, bosmaxonalar, nashriyotlar, moda uylari, dizayn ofislariga ishga kirishlari mumkin. Bunday xodimlar o'z brendini rivojlantirishga harakat qiladigan davlat yoki xususiy korxonalarga taklif etiladi.

Zamonaviy rassomlarning daromadlaridagi farq juda katta. Grafik dizaynerning ish haqi uning iqtidoriga, malakasi, tajribasi, nomini, tanlangan yo'nalishini, sohasini qo'llab-quvvatlashiga bog'liq. Ambitsiyalar, tirishqoqlik, maqsadlar muhim ahamiyatga ega. Ba'zi hollarda bir necha yillar davomida mutaxassisning daromadi 2 — 5 million so’m atrofida bo’ladi , ba'zilari esa tezda 15-20 millionlik oylik daromadga ega bo’ladi.

Ko'pincha kompaniya xodimlarining daromadlari buyurtmalar oqimiga bog'liq bo'lib, ular asosan maoshdan tashqari foizga ega bo'ladi. Hozirgi kunda dizaynerlar uchun vakansiyalar ko’p, ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan sari bu soha ham rivojlanib borayapti. Shuning uchun kutmang, agar o’zingizda yetarlicha ishtiyoq va qobiliyat sezsangiz izlanishni boshlang.

Report Page