Full stack Grafik dizayn kursi qanday?

Full stack Grafik dizayn kursi qanday?

Najot ta'lim

Bu kursni bitirib nimalarga erishish mumkin?

Najot Ta'lim


💁🏻‍♂️ Ushbu kursda nimalar oʻrgatilishi va aynan qanday vazifalar bajarilishi bilan batafsil tanishish uchun avval grafik dizayn haqida tushunib olishimiz zarur.


• Dizayn deganda koʻpchilik rassomchilik yoki tikuvchilik kabi kasblarni hayoliga keltiradi. Ba'zilar esa, 3x4 rasm chiqarish uchun rasmga tushirib chiqarib beradigan insonlarni grafik dizaynerlar deb hisoblaydi.


Grafik dizayn aslida, boshqa bir yoʻnalish hisoblanadi. Internet saytlar, mobil ilovalar, jurnal va gazetalar, kitob va disk muqovalari, restoran menyulari, mahsulot kataloglari, vizitkalar, mahsulot qadoqlari, sanoat tovarlari, reklama bannerlari, flayer va bukletlar, nishon va sertifikatlar, hayotimizda koʻrishimiz mumkin boʻlgan koʻplab narsalar grafik dizaynga yaqqol misol bo'la oladi.


• Grafik dizaynning ham o'ziga xos turli yo'nalishlari bor. Bular: Brend dizayn, SMM dizayn, Qadoq dizayni, Poligrafiya dizayni hamda Web dizayn.

Grafik dizayner - Kompaniya brendi, logotip, ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi dizaynlar, qadoq dizaynlari, vizitka, banner va shu kabi poligrafiyaga oid yoki saytlar, mobil ilovalar, dasturlar uchun dizaynlar tayyorlash kabi ishlardan biri bilan shug'ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi.

●     Firma, tashkilot va kompaniyalar;

●     Har qanday yangi start up yoki biznes boshlovchilar;

●     IT kompaniyalar;

●     Onlayn magazin va servislar;

●     Web sahifaga ehtiyojmand ta'lim markazlari;

●     Web va mobil ilovalar dizaynini tayyorlatishni maqsad qilgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslar;

●     O’z mahsulotlarini xorij bozoriga olib chiqishni xohlagan kompaniyalar;

● Yakka tartibdagi tadbirkorlar;

● Ishlab chiqarish korxonalari;

Najot Ta'lim

Dizayn texnologiyalari

Dizaynda kompozitsiya asoslari

● Icon va iconagafiya

● Font turlari

● Rang psixologiyasi

● Stilizatsiya

● Sketching




Najot Ta'lim

Brending dizayn

● Sketch chizish

● Symbol

● Logo va logotip yasash

● Brendbook yasash



Najot Ta'lim

SMM dizayn

● Ijtimoiy tarmoqlardagi posterlar dizayni

● Cover, user avatar

● Web banner



Najot Ta'lim

Poligrafiya dizayn

● Bilboard

● Vizitka

● Biznes card

● Flayer

● Muqova

● Kalendar

● Etiketka

● Katalog

● Jurnal

● Roll up



Najot Ta'lim

Web dizayn

● UX/UI dizaynlari

● Web, mobil, desktop ilovalari uchun dizayn



Najot Ta'lim

Qadoq dizayni - Packaging design

● Oziq ovqat qadoqlari, ichimliklar, qurilishi mahsulotari va boshqa qadoqlanuvchi mahsulotlar dizaynlari



Najot Ta'lim

Moushn animatsiya

● Animatsion videolar yasash
● Detallar va obyetklarni harakatga keltirish
● Audio bilan ishlash


Logo (branding) — kompaniyaning yuzi. Mahsulot dizayni esa, oʻsha mahsulotni sotilishiga eng birinchi sabab boʻladi. Shunday ekan har bir firma oʻzining shaxsiy stili boʻlishini xohlaydi. Mijozlar uni ana shu stillar orqali ajrata olishini xohlaydi. Har bir ishlab chiqaruvchi oʻzining mahsulotiga va uni sotishga, uni zamonaviy koʻrinishda qadoqlashga eʼtibor beradi. Bu bilan grafik dizayner shugʻullanadi.


SMD - ya'ni social media design - ijtimoiy tarmoqlar dizaynidir. Biz har kuni o'qiydigan yangiliklarimiz, facebook, telegram, instagram va boshqa tarmoqlar orqali yuklanib boradigan postlar dizaynidir.
Stikerlar esa, biz kundalik hayotimizda ko'p foydalanadigan telegram dasturida do'stlarimiz va yaqinlarimizga ulashib boradigan turli xil stikerlardir.


To'y va mehmondorchilik uchun yasaydigan taklif nomalardan tortib, Ko'chada katta bannerlardagi suratlar va matnlarni ham aynan grafik dizayner tayyorlaydi. Oshxona va ovqatlanish shaxobchalariga borganimizda bizga uzatiladigan menyular, kalendarlar, doim kuzatadigan kitob va jurnallarimiz hamda ularning muqova qismlarini ham grafik dizayner amalga oshiradi.

Biz bilim olish, yangiliklarni o'qish, ehtiyojlarimizga kerak bo'lgan narsalarni sotib olish uchun foydalanadigan saytlarni, kino va videolar ko'rish uchun yaratilgan saytlar, hatto YouTube, Netflix platformalarining tashqi ko'rinishlarini aynan web dizaynerlar amalga oshiradilar.

Ko'chalarda ko'p bora ko'zimiz tushadigan let televizorlar, ijtimoiy tarmoqlarda suratlar va matnlarni harakatga keltirib ularga audio qo'shib joylanadigan qisqa videolar moushn grafika deyiladi va bizning kurslarda ushbu ko'nikmalar ham o'rgatiladi.


●     Adobe Photoshop

●     Adobe Illustrator

●     Adobe Xd

●     Adobe Indesign

●     Adobe After effects

●     CorelDRAW


Ushbu kursni boshqa kurslardan ustunligi nimada?

 Qisqa vaqt ichida chuqur va to'liq bilim olish;
●  Kuchli mutaxassislar muhitida o'rganish;
●  Barcha darslar video shaklida yozib olinadi va telegramda guruh orqali tashlab boriladi.

Har bir darsga feedbacklar berib boriladi;
●  Yurtimizda bunday kurslar deyarli yo'q;
●  Darsga kelishda forma talab qilinmaydi;
●  Kurs full stack tarzida bo'lgani uchun ko'p bilimlar olish imkoniga egasiz;
●  Har bir yo'nalishga o'sha soha mutaxassisi jalb qilinadi;
●  Kurs davomida shaxsiy partfolioingiz shakllantirib boriladi;
●  Kursda mijoz bilan ishlash va xizmat haqlarini qanday belgilash, ishga qabul qilinish uslublari ham o'rgatiladi;

Darsdan tashqari qolib ishlash imkoniyati;
● Freepek va Envato resurslar hamda Wifidan bepul foydalanish.

7 oy davomida haftada 5 kun 3 akademik soat mashg'ulot (shundan 2 akademik soat dars va 1 akademik soat amaliyot) olib borasiz. 7 oydan so'ng 1 oy davomida mutlaqo bepul amaliyot o'tash imkoni sizga taqdim etiladi.

Ushbu kursning yana bir yorqin afzalliklaridan biri bu amaliy ishlar orqali tajribani oshirishdir. Siz kursni tamomlashingiz bilanoq real buyurtmalar uchun ham amaliy loyihalarga jalb qilinasiz.

Bilimlaringizni yanada charxlash va mijoz bilan ishlashni o'rganishingiz uchun amaliy ishlar beriladi hamda ishlaringiz buyurtmachiga topshiriladi.


Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar. Hamda ularga yuqori daromadli ish taklif etiladi.



Kursga onlayn ro'yxatdan o'tish

Administratorga bog'lanish

Telefon: +998712001123 


1-Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 72A uy

Mo'ljal: Talabalar shaharchasi, Chimboy bekati, Xalq banki roʻparasida



Report Page