Grafik dizaynda rang tanlash qoidalari.

Grafik dizaynda rang tanlash qoidalari.

Najot ta'lim

Grafik dizayn sohasida rang dizaynning asosiy va muhim elementi hisoblanadi. Zero, rang dizaynni go'zallikka burkanib turishini ta'minlovchi vositadir. Tabiatimizda 16 milliondan ortiq rang turlari mavjuddir. Shu sababli ham dizaynerlar o'z ijodiy ishlarida rang tanlash borasida bir muncha qiyinchiliklarga duch keladilar. Agar siz ranglar teoriyasini bilsangiz sizni bunday muammolar umuman qiynamaydi.

Biz albatta RGB ranglar tizimi uchta asosiy rangdan tashkil topganligini biz juda yaxshi bilamiz. (1-rasm)

Red (qizil)
Green (yashil)
Blue (ko'k)
1-rasm

Ushbu ranglar o'z navbatida bir biriga qo'shilish orqali bir nechta qo'shimcha ranglarni keltirib chiqaradi. (2-rasm)

2-rasm

Bu ranglar ham yana bir birlariga qo'shilib ikkinchi darajali qo'shimcha ranglarni hosil qiladi. (3-rasm)

3-rasm

Biz ma'lum ranglarni bir biriga qo'shish orqali kerakli ranglarni yig'ib oldik. Endi ushbu ranglar g'ildiragi orqali rang tanlash uslublarini ko'rib chiqamiz.

1 Monoxromatik formula - ushbu formulada ranglar g'ildiragidan bitta rang tanlanadi va rangning qorong'ulik-yorug'lik (value) darajasini o'zgartirish orqali turli ranglar tanlab olinadi.(4-rasm)

(4-rasm)

2 Analogik formula - ushbu formulada bitta asosiy tanlab olinadi va shu ranga qo'shni bo'lgan va shu rang oilasiga mansub bo'lgan qo'shimcha ranglar ham tanlanadi. (5-rasm)

(5-rasm)

3 Komplementar formula - bu formulada ranglar palitrada bir biriga qarama qarshi bo’lib, bu ranglar qo’llanilganda odatda kontrast yuqori bo'ladi. (6-rasm)

(6-rasm)

4 Split-komplementar formulasi - bitta asosiy rang va qarshisidagi ikkita ikkinchi darajali ranglardan foydalangan holda bir-birini to'ldiruvchi rangni ishlatish o'rniga rang g'ildiragiga uning atrofida simmetrik ravishda joylashgan ikkita rang tanlab olinadi. (7-rasm)

(7-rasm)

5 Triadik ranglar sxemasi bu - Uchburchak rang sxemasi uchta rangdan iborat bo'lib, rang g'ildiragiga teng ravishda joylashtiriladi. Bu formulada uchchala rang ham mutlaqo boshqa boshqa rang oilalariga mansub bo'ladi. (8rasm)

(8rasm)

6 Tetradik ranglar sxemasi - bu barcha ranglar orasidagi masofa teng bo'lgan rang sxemasining maxsus variantidir. Barcha to'rt rang rang g'ildiragi atrofida teng ravishda taqsimlanadi, chunki bitta rangning aniq ustunligi yo'q. (9-rasm)

(9-rasm)

Agarda siz ham mahoratli dizayner bo‘lish istagida bo‘lsangiz, professional dizaynerlarning ishlarini kuzating. Internet orqali ham boshqa dizaynerlarning ishlarini tomosha qilish mumkin. Masalan: dribbble.com, behance.com yoki pinterest.com saytlarida butun dunyoning turli dizaynerlari ijod namunalaridan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Muallif: Zarifjon G'ulomov



Report Page