O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gazni jahon narxidan uch baravar arzonga eksport qiladi

O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gazni jahon narxidan uch baravar arzonga eksport qiladi

🌐OLTIARIQ_TV

.

Foto: Google Images

Olti yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston tabiiy gazi Tojikistonga eksport qilina boshlandi, deb yozmoqdaASIA-Plus.

Har ikki mamlakat gaz taqsimlash kompaniyalari tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston 2018-yilda umumiy qiymati 15,1 million dollar bo‘lgan 126 million kubometr gaz yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan.

Xabarda aytilishicha, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning 1-oktabrigacha Tojikistonga 10 million kubometr gaz eksport qilingan. Ya’ni, “Tojikistongaz” O‘zbekistondan import qilingan har ming kubometr gaz uchun 100 dollar to‘lagan. Bu esa ushbu yoqilg‘ining jahon narxidan uch baravar arzon.

Tojikistonda O‘zbekistondan eksport qilinuvchi gazning asosiy iste’molchisi Tojikiston alyumin zavodi bo‘lib, uning ulushi 80 foizni tashkil etadi.

Report Page