Game 🎯

Game 🎯

Misun

#Misun

#GAME

12-qism


❗FINAL❗


Game 🎯



Pov Avtor

Tae qo'lidagi muzqaymoqlarni Jenny ga uzatdi uning esa birdan kayfiyati tushib ketti


Tae: Nega xomush bo'lib qolding yemaysanmi?


Jenny: Axir men shokoladligini yaxshi ko'raman o'shnaqasidan yegim kelyapti


Tae: Buni ketishimdan avval aytishing kerak edi endi shuni yeyaver


Jenny: Yo'q meni shokoladligidan yegim kelyapti 😭


Tae: Ahmoq qiz bo'ldi qil soatga qara 01:16 bo'libdi menam biroz uxlay raxming kelsin


Jenny: Unda o'zim olib kelaman (Jenny o'rnidan turdi)


Tae: Eyy jinni bo'lganmisan o'tir joyingga o'zim olib kelaman


Pov Avtor

Tae yana ko'chaga chiqib ketti tun yarmida ko'chani kezarkan aksiga olib hech qaysi do'konda shokoladli muzqaymoq yo'q edi vanihoyat u topti va uyga keldi xonasiga ko'tarilib neko'z bilan ko'rsinki Jenny uxlab yotardi chunki Tae muzqaymoq qidirib uzoq vaqt ko'chada qolib ketgandi Jenny ni uxlab yotganini ko'rgan Tae biroz g'azablanib uni uyg'otishni boshladi [02:43]


Tae: Eyy tur muzqaymog'ingni olib keldim (U shunday deb Jenny ni turtkilay boshladi)


Jenny: Yo'q ertaga yeyman hozir uxlagim kelyapti (Uyqisiraga ovozda gapirdi)


Tae: Yo'q hozir yeysan bilasanmi uni topish uchun qancha vaqtim ketti tur ye


Pov Avtor

Tae Jenny ni majrurlab turg'izib muzqaymoqni yedirdi Jenny yarmigacha yeb keyin to'xtab qoldi


Tae: Bo'laqol tezroq ye hoxlasang yana bitta bor keyin uxlaymiz bo'laqol


Jenny: Boshqa yegim kelmayapti


Tae: Yeysan... (Biroz baland ovozda jahl bilan aytti)


Pov Avtor

Ularni chettan Naran xonim sezdirmay kuzatib kulib turardi Tae Jenny ni majburlayotganini ko'rib sekin ularga yaqinlashdi


N/x: Janob Kim bilasizmi xomilador ayollarga istamagan narsalarini majburlab yedirib bo'lmaydi bu taksikozga olib kelishi mumkin


Tae: Aslida men hammasini yedirgan bo'lardim mayli turaqol kettik uxlaymiz


Pov Avtor

Jenny o'rnidan turdi va ular xonalariga chiqib ketishdi birozdan so'ng Jenny uxlab qoldi lekin Tae ni uyqisi butunlay o'chib ketgandi u Jenny ga termulib hayol surardi


Pov Tae

Nahotki men sen uchun o'zgardim ha men seni sevib qoldim "Seni Sevaman" mendan seni hech kim tortib ololmaydi sen menikidan butun vujuding bilan menikisan "Seni Sevaman"...


Pov Avtor

Tae Jenny ni labidan bo'sa oldi va uni bag'riga olib uxlab qoldi kunlar shu zaylda baxtga to'la o'tardi vanihoyat o'sha uzoq kutilgan kunlar keldi endi farzand dunyoga keladi


~•~•~•~•~


8 oydan so'ng


Jenny: Alo Jk tezroq yetib kel boshqa chiday olmayman a.aa.a


Jk: Alo Jenny senmisan nma bo'ldi tinchlikmi Tae qayerda?


Jenny: U ish bilan Amerikaga uchib ketgan hali erta edi... Iltimos tezroq kel boshqa chidolmayman.n.n.n


Jk: Jenny biroz chida hozir yetib boraman


Pov Avtor

Jk go'shakni qo'yib uydan yugurib chiqti va mashinani Tae ning uyi tomonga haydadi yo'lda Hobi ga qo'ng'iroq qildi


Jk: Alo Hobi


Hobi: Eshitaman


Jk: Tae qayerda?


Hobi: Amerikaga ketgan


Jk: Nega meni bundan habarim yo'q


Hobi: Nma gap tinchlikmi?


Jk: Jenny uni ko'zi yorimoqchi men uni shifoxonaga olib borish uchun ketyapman


Hobi: Rosttanmi... hozir qayerdasan?


Jk: Tae ni uyiga ketyapman


Hobi: Uni Seoul Markaziy Shifoxonasiga olib kel men o'sha yerga boraman


Jk: Hop chundim


Pov Avtor

Jk Tae ning uyiga yetib keldi va yerda qornini quchoqlab o'tirgan Jenny ga ko'zi tushdi tez uni yoniga yugurib keldi


Jk: Jenny ahvoling yaxshimi nahot Tae seni shu ahvolga tushishingni bila turib tashlab ketti Naran xonim qayerda?


Jenny: Naran xonim uyiga.a.a.a... aaaa.aaa.aa.a iltimos tezroq meni shifoxonaga olib bor.r.r.r...


Jk: Turaqol yura olasanmi ko'tarib olaymi?


Jenny: Yo'q ko'tarish mumkinmas yuraman.n.n.n


Pov Avtor

Jk juda g'alati bo'lardi yosh qiz yonida joni og'rib baqirib tursayu u hech nma qilolmasa axir qo'lidan nmayam kelardi u shifokor bo'lmasa...


Pov Avtor

Hobining uyi uzoqda bo'lgani uchun u katta yo'lga 1soatda yetib keldi shu yo'ldan u chap tomonga burulishi kerak edi Hobi ga qarama qarshi tomondan esa Jk va Jenny kelishardi Jenny borgan sari og'qiqqa chidolmay chinqirar Jk uning har baqirishini eshitkanda tezlikni oshirardi birdan u boshqaruvni yo'qotdi va to'g'ridan kelayotgan tanish mashinaga uruldi bu mashina Hobi niki edi Jk katta tezlikda kelayotgani uchun mashinalar ag'darilib ketti chap tomondagi chorraxadan chqayotgan benzin tashuvchi katta yuk mashinasi ikki kichik mashinaga borib uruldi yuk mashinasidan benzin oqib chiqqani sababli Jk va Jenny bor mashina Hobi ning mashinasi va yuk mashinasi o'rtasida katta portlash sodir bo'ldi Jk va Jenny ning joni shu yerning o'zida uzuldi Hobi shifoxonaga ketayotgan tez yordam mashinasida jon taslim qildi yuk mashinasi haydovchisini yong'in sababli chiqarib olisholmadi


Bo'lgan voqealardan birinchi bo'lib habar topgan Won Tae ga qo'ng'iroq qilib tez yetib kelishini so'radi lekin unga bo'lgan ishlar haqida bir og'iz ham aytmadi Tae qo'ng'iroqlarga javob bermayotgan xotini va do'stlaridan havotirlanib birinchi reys bilan Seoul ga yetib keldi uni aeraportda Won kutib oldi


Won: Salom janob yaxshi yetib keldingizmi


Tae: Ha yaxshi endi tezroq uyga Jenny ni yoniga boraylik


Won: Bilasizmi janob biz avval boshqa yerga borishimiz kerak


Tae: Qayerga?


Won: Iltimos janob savol bermay men bilan yura olasizmi? ( Won mayus gapirardi)


Tae: Won tinchlikmi nma bo'ldi nega g'alatisan?


Won: lltimos janob...


Tae: Mayli yuraqol


Pov Avtor

Won Tae ni morkka olib keldi Tae juda hayron edi ular ichkariga kirishti va Won u yerda oq halatda turgan odamni yoniga borib bir nmalarni gapira boshladi Tae esa sal uzoqroqda kuzatardi keyin u odam ichkariga kirib ketti va birozdan so'ng ularni chaqirdi ular ichkariga kirishdi Tae ne ko'z bilan ko'rsinki qarshisida eng aziz 3 insonining murdasi yotardi Tae turgan joyida qotib qoldi hatto og'zidan bir dona ham so'z chiqmasti


Won: Janob Kim bardam bo'ling ular endi oramizda yo'q 😔


Tae: Bo'lishi mumkun emas😭


Won: Janob o'zingizni qo'lga oling (Won shunday deb Tae ning yelkasiga urib qo'ydi)


Pov Avtor

Tae murdalar yoniga yaqinlasharkan birinchi bo'lib kimning yoniga borishini ham bilmasti 20 yillik qadrdon do'stlarini yonigami yoki jondan sevgan rafiqasini oldigami? Tae qimir etmay joyida turaverardi ha ich ichidan uning ruhida nmadir sindi yuragi chilparchin bo'ldi



~•~•~•~•~

1 yildan so'ng


Pov Tae

Salom yigitlar... Jenny senga ham salom... zerikmayapsizmi? Men atayin qabrlaringizni yonma-yon qildirdim zerikmasligingiz uchun lekin meni unga yomonlayapsiz shundaymi yigitlar... Endi men kettim yana kelaman iltimos tushlarimga kiring... Sizlarni sog'indim...


Pov Avtor

Tae gaplarini yakunlab qabristondan chiqib ketti bir yil... bu bir yil Tae uchun juda azobli o'tti har bir kuni zulmatga to'la baxttan esa asar ham yo'q bu vaqt ichida Taehyung tubdan o'zgardi avvalgi hissiz mahluqqa aylandi kunlari ma'nosiz kelajagi zulmatdan iborat bu hayotta u nma uchun yashayotganini ham bilmaydi...


Pov Tae

Bu bir yil ularsiz juda og'ir o'tti... Men butun etiborimni faqat ishga qarattim hech kim menga yaqinlashishiga yo'l qo'ymadim... Chunki yana bir bor yaqin insonimni yo'qotishni istamayman... Ular hayotim mazmunini va quvonchimni o'zlari bilan olib ketishti ularsiz bu hayotning menga keragi yo'q...


Pov Avtor

Yigit so'nggi so'zlarini aytib o'zini ko'prikdan pastga tashladi bor kuchi bilan yugurib kelayotgan Won esa uni ushlab qolishga ulgurmadi...


Tae ni ham Jk Hobi va Jenny ni yoniga dafn qilishdi


~•~•~•~•~


Bilasizmi janob siz juda ham ajoyib inson edingiz Jenny xonim siz hech kim uddalay olmaydigan ishni uddaladingiz janob Taehyung dan mexribon insonni yaratdingiz janob Jungkook va janob Hoseok sizlar dunyodagi eng yaxshi do'stlarsiz... Sizlar xotiramizda abadiy qolasiz...

[Won]


Pov Avtor

Qabrlarni ziyorat qilish uchun kelgan Won va Naran xonim uyga qaytib ketishti...


~•~•~•~•~


Hayot asli o'yindan iborat bu o'yinda kuchlilar g'alaba qozonadi... Fanfic qahramonlari esa bu o'yinni yutqazishti... Bir gap bor [Har kim taqdirini o'z qo'li bilan yaratadi] - aslida bu yolg'on. Har bir insonning taqdirini tepadagi yagona zot yaratadi!




❗GAME OVER❗



Tugadi...


• E'tiboringiz uchun raxmat •


#Misun

Report Page