Galaxy S20’ning aniq narxi ma’lum qilindi

Galaxy S20’ning aniq narxi ma’lum qilindi

GOLD CITY

Xabaringiz bor, Janubiy Koreya texnogiganti fevral oyida Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari hamda Galaxy Z Flip buklamafonini taqdim etadi.

Foto: XABARDOR.UZ


>>>>>

XDA Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) ushbu modellarning real narxlarini e’lon qildi.


Kompaniya ularni Yevropa bozoriga quyidagi narxlarda taqdim etmoqchi:

Samsung Galaxy S20 5G – 900 dan 1000 yevrogacha;

Samsung Galaxy S20+ 5G – 1050 dan 1100 yevrogacha;

Samsung Galaxy S20 Ultra 5G – 1300 yevro;

Samsung Galaxy Z Flip – 1400 yevro.


Shuningdek, Vaynbaxning ta’kidlashicha, AQSh bozorida Galaxy S20 modellari tegishlicha 850, 950 va 1200 dollardan sotilishi kutilmoqda.


Flagmanlarning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan variantlari esa ulardan taxminan 100 yevroga arzonroq bo‘lishi mumkin.


Eslatib o‘tamiz, avval ham turli manbalarda mazkur gadjetlarning narxi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Report Page