Gagarin - Yer fuqarosi!

Gagarin - Yer fuqarosi!

Navruz Burxonov

TASS

TASS (Sovet Ittifoqi telegraf agentligi) tomonidan uchta xabar tayyorlangan edi : 1. Tantanali va muvaffaqiyatli. 2. Agar kosmik kema orbitaga chiqa olmasdan bironta o'rmon yoki okeanga qulasa, davlatlar hukumatiga kosmonavtni qidirishga yordam so'rash uchun. 3. Birinchi kosmonavtning fojiali o'limi.
Oxirgi ikkitasi amalga oshmadi.

Maxfiy konvert

Kosmosdagi birinchi insonni nima kutib turardi? Bugun ba'zilar "25" raqami yozilgan sirli qog'oz haqida eslashadi. Bu "Vostok" kemasini qo'lda boshqarish tizimini ishga tushiradigan shifr edi. Chunki parvoz avtomatik variantda bo'lib, Gagarin boshqaruvga aralashmasligi kerak edi. U faqat kuzatuvchi edi. Lekin avtomatik tizim ishdan chiqsa, kosmonavt boshqaruvni o'z qo'liga olishi kerak edi.
Nega kosmonavtga "25" raqami haqida aytishmasdan uni maxsus konvertga bekitishgan?

Y.Gagarin va S.Korolyov

Psixolog va doktorlarning fikricha, inson o'z sayyorasini kosmosdan turib ko'rsa aqldan ozishi va kosmik kemani boshqarishga harakat qilishi mumkin. Bunga hatto Korolyov ham ishongan. Buni oldini olish uchun boshqaruv pulti blokirovka qilingan edi. Agar kosmonavt o'zini yo'qotib qo'ymasa, konvertni ochgan payti raqamni taniydi.

Da'vogarlar

Birinchi parvoz uchun Gagarindan tashqari yana 20 ta da'vogar bor edi. Ularni hammasini Korolyovning o'zi saralab olgandi : bo'y, vazn va sog'lik juda muhim edi. Yana 20 tadan 6 tasi saralab olindi. Korolyov juda shoshilardi, chunki 1961-yil, 20-aprelda AQSH o'zining odamini kosmosga chiqaradi degan ma'lumotlar bor edi. Shuning uchun start 11 va 17-aprel o'rtasiga rejalashtiriladi.

Y.Gagarin va G.Titov

Nihoyat kosmosga chiqadigan ham aniqlanadi - Yuriy Gagarin, uning dublyori esa German Titov.

Parvoz

"Vostok" kemasining starti 12-aprel, 1961-yil, Moskva vaqti bilan soat 09:07 da Boykonur kosmodromida amalga oshiriladi.

"Vostok-1" starti

108 daqiqada Yer atrofida bir marta aylangan kema soat 10:25:34 da ko'zda tutilgan parvozni yakunlaydi (rejadagidan 1 soniya oldin).

Mashhur "Поехали!" iborasi. 1961-yil, 12-aprel.

To'xtatish tizimining ishdan chiqishi natijasida apparat Saratov oblastiga borib tushadi (reja bo'yicha Stalingraddan 110 km uzoqlikda tushishi kerak edi) undan 7 km uzoqlikda esa Gagarin yerga qo'nadi. Kosmonavtni birinchi ko'rgan odamlar bular - o'rmonchining xotini Anna Akimovna Taxtarova va uning olti yoshli nevarasi Rita edi. Tezda harbiy guruh yetib kelib bir qismi apparatni nazoratga oladi, yana bir qismi Gagarinni harbiy qismga olib ketadi. U yerdan Yuriy telefon orqali diviziya komandiriga hisobot beradi : "Vazifa bajarildi, belgilangan hududga qo'ndim, o'zimni yaxshi his qilyapman, jarohatlar yoki singan joylar yo'q. Gagarin".

"Volga"

Yuriy o'ziga sovg'a qilingan "Volga"da qizil chiroqdan o'tib ketadi va "Pobeda" bilan to'qnashadi. Hech kim jabr ko'rmaydi, lekin o'zining mashinasi va "Pobeda"ning ko'rinishi yaxshi emasdi. Voqea joyiga yetib kelgan militsioner Gagarinni taniydi, "chest" beradi va aybdorga shtraf berishini aytib, yo'ldan o'tayotgan mashinalardan birini to'xtatadi. Gagarinni kerakli joyga olib borishini aytadi. Lekin Gagarin orqaga qaytib militsionerga aybdor o'zi ekanligini aytadi va "Pobeda"ni ta'mirlashga ketadigan hamma xarajatni o'z bo'yniga oladi.

Y.Gagarin va F.Kastro. Gavana. 1961-yil.
Y.Gagarin Angliyada. 1961-yil. Iyul.

|"Kundaleaks" kanali materiali.
|@kundaleaks






Report Page