G

G

JMRoad jamoasiv

Birinchi bosqich-Yo‘nalish tanlash


1️⃣ Birinchi qism

Yo‘nalish tanlash


Kirish

Qaysi yo‘nalishda blog yuritish kerak?


Ko‘pchilik blog yuritish haqida o‘ylaydi, lekin qaysi yo‘nalishda yuritish kerakligini o‘ylamaydi.

Qaror qabul qilish bizni bir umr qiynab keladi. Chunki qaror ortidan qanday oqibatlar kelishini oldindan bilmaymiz. Shunchaki, taxmin va mish-mishlarga ishonamiz. Qaysi kasbni tanlasam ekan? Qaysi o‘qishga kirsam ekan? Qaysi tashkilotda ishlasam ekan? Qaysi mahsulotni xarid qilsam ekan? Qaysi yonalishda blog ochsam ekan?

Bu savollarga universal javob yoq. Lekin hamma 2 xil yo‘l bilan qaror qabul qiladi:

1) Qorquv ostida: Kasbi bo‘yicha ish chiqmasligidan, o‘qishidan olgan bilimlari foydasiz bo‘lishidan, ishlayotgan tashkiloti unga yaxshi pul bermasligidan, sotib olgan mahsulotlari sifatsiz bo‘lib chiqishidan, ochgan blogi yuritilmay qolishidan.

2) Qiziqishlariga qarab: O‘zi qiziqqan soha mutaxassisi bo‘lib, qiziqqan soha bo‘yicha o‘qishga kirib, qiziqqan tashkilotda ishlab, qiziqqan mahsulotlarini sotib olib, qiziqqan yo‘nalishida blog yuritib muvaffaqiyatli inson bo‘lish mumkin.

Nega blog ochishdan oldin uzoq o‘ylab qolamiz?

Ko‘pincha blog yurmay qolishidan va biz unga qilgan xarajatimizni oqlamasligidan qo‘rqamiz. Bir umr oylikdan oylikgacha yashab, qo‘shimcha daromad manbaini yarata olmasligimizdan qo‘rqamiz. Balki aynan shu qo‘rquvlar sabab bu kursda qatnashyapsiz.

Aynan shu sabab, internet bo‘ylab sifatsiz kontent rivojlanib ketmoqda. Odamlar ozlari qiziqmagan sohaga aloqador bloglar ochib, bir amallab kontent yaratadilar.

Sifatga emas songa etibor beradilar. Bunday odamlar blogiga biznes loiha sifatida qaraydilar va ular uchun kontent emas reklama asosiy tovar. Bu biznes loyiha uzoq muddatli daromad bilan sizni taminlashi juda qiyin.

Shu sabab, har kuni o‘nlab «Kanallani dodasi», «Kun.uz», «Daryo.uz» kabi bloglarni nusxalari ochilib yopiladi.

Biznesning oltin qoidasi - O‘z faoliyatingiz haqida barcha narsani bilishingiz shart. Pul topishga bo‘lgan ulkan hohish kamlik qiladi.

Sizga bir sirni aytaman: Daromadli yonalishni o‘zi yo‘q. Daromad siz yig‘gan auditoriya sifatiga bog‘liq. Hozir siz bilan bloginggiz uchun yo‘nalish tanlaymiz.


Birinchi

1) Siz qaysi sohaga qiziqasiz?


Texnologiya, Iqtisodiyot, Biznes va h.k

Masalan sizga kimdir biznes yo‘nalishida blog yuritsanggiz juda yaxshi daromad olasiz desa shu yo‘nalishni tanlasanggiz. Lekin, na moliya, na biznes va na investitsiyalar haqida hech narsani tushunmasanggiz. Natijada, boshqa bloglardan postlarni ko‘chirib bloginggizga qo‘yasiz.

Har doim ko‘chirasiz ko‘chirasiz va yana ko‘chirasiz va bazida ko‘chirishda muammolarga uchraysiz sababi boshqa bloglardagi postlar sizning bloginggizga tushmaydi ammo siz buni bilmaganinggiz uchun ko‘chirib qo‘yaverasiz sharmanda bo‘lasiz tamom.


Ikkinchi

2) Ko‘pchilik faqat bitta sohaga qiziqmaydi


2-3 ta bazilar o‘nlab sohalarga qiziqadilar.

Siz ham barcha qiziqadilar sohalaringgizni varoqqa bir qator qilib yozib oling.


Uchinchi

3) Tanlagan sohanggizning qaysi bo‘limi sizga ko‘proq yoqadi?


Texnologiyadan-Telefonlar, Avtomobildan - ularni tamirlash, Biznesdan-investitsiya, Pazandalikdan-Shirinliklar ularni ham bir varoqqa yozib qo‘ying.


To‘rtinchi

4) Siz tanlagan soha va uning bo‘limiga tegishli bilimga egamisiz?


Texnologiya-Telefonlar yangi smartfonlar ilovalar va ular bilan ishlash,

Avtomobil - Tamirlash-Motor xodovoy ishlari, ehtiyot qismlari va h.k

Tanlagan bo‘limlaringgizga aloqador 10 ta post uchun mavzu yozib chiqing.

Agar mavzu o‘ylab topa olmasangiz, demak yetarlicha bilimga ega emassiz. Bu sohada blog ochish siz uchun daromad keltirmaydi.

Masalan men: Texnologiya sohasining-Axborot texnologiyalari va smartfonlar bo‘limga qiziqaman. Smartfonlar, Internet, Ilovalar, Ijtimoiy tarmoqlar haqida yuzlab mavzular yarata olaman.


Beshinchi

5) Sizning bloginggiz boshqalar uchun kerakmi?


Aqlli odam daromad kontent orqali kelishini darhol sezadi. Lekin dono odam shu kontent odamlar uchun foydali boladimi yoki yo‘q shu haqida o‘ylaydi.

Bloginggizdagi kontent kuzatuvchilaringgizga qiziq bo‘ladimi? Ularga foydasi tegadimi? Kimnidir mushkulini oson qiladimi? Ular boshqa bloglarni kuzatmay siznikini kuzatishiga sabab bo‘ladigan postlar qo‘yaolasizmi?

Agar javoblaringgiz faqat ha bo‘lsa bloginggizning kelajagi bor.


2️⃣ Ikkinchi qism

Blog turi


Birinchi

Postlar kimning nomidan qo‘yiladi?


Bu bloginggiz turiga bog‘liq

Bloglar ikki turga bo‘linadi

Shaxsiy bloglar

Jamoaviy bloglar

Shaxsiy blog biror inson o‘z nomidan yozadigan blogi masalan Boltaboy Teshaboyevning shaxsiy blogi Boltaboy Teshaboyev deb nomlanishi mumkin va o‘z nomidan post qo‘yadi yani masalan Boltaboy Samarqandga borsa Bugun Samarqandga bordim deb post qo‘yadi.

Agar Boltaboy Teshaboyev Jamoaviy blog yuritsa blog nomi hohlagandek bo‘lishi mumkin masalan BNews deb nomlashi mumkin va endi Boltaboy Samarqandga borsa bugun BNews jamoasi Samarqandga bordi deb post qo‘yadi.

Va blogini shu yo‘sinda yuritadi.

Qisqacha qilib aytsam Shaxsiy bloglar faqat bir inson nomidan yuritiladi.

Jamoaviy bloglar esa malum bir nom ostidagi jamoa nomidan yuritiladi.

Masalan Kun.uz blogi jamoaviy blog Xushnudbek.uz esa shaxsiy blog hisoblanadi.


Qaysi turdagi blog ochish foydaliroq?


Bu o‘zinggizning hohishinggiz lekin shaxsiy bloglardagi postlarga etibor ko‘proq bo‘ladi shuning uchun ham shaxsiy bloglarda reklama berish narxi ham biroz qimmatroq bo‘ladi.

Qolaversa o‘zinggiz hamnimagadir chorlamoqchi bo‘lsanggiz shaxsiy blog  orqali  chorlash  osonroq. blog.orqali osonroq.

Report Page