“Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida futbol musobaqasi bõlib õtdi

“Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida futbol musobaqasi bõlib õtdi

A.Berdimurodov

   2017-yil 12-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Sport saroyida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxullayev, fakultet yoshlar yetakchisi S.Vapayev, institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti boshchiligida “Gidromelioratsiya” fakulteti birinchi bosqich talabalari o’rtasida sportning Fudbol turi bo’yicha keng qamrovli musobaqa o’tkazildi.

Musobaqada “Gidromelioratsiya” fakultetining 14 ta akademik guruhlaridan bittadan jamoalar ro’yxatdan o’tishdi hamda o’zaro kuch sinashishdi. Musobaqa ko’tarinki ruhda qizg’in bahslarga boy bo’ldi. Ayniqsa, final o’yini 112-guruh hamda 111-guruh o’rtasida ikkala taym natijasiga ko’ra 3:3 hisobi qayd etildi va penaltelar seriasida jamoalar 9 martadan to’p tepishib g’olib aniqlandi.Yakuniy natijalarga ko’ra:

  1-o’rin Gidromelioratsiya fakultetining 112-guruhi

  2-o’rin Gidromelioratsiya fakultetining 111-guruhi

  3-o’rin Gidromelioratsiya fakultetining  110-guruhi 

g’olib jamoalar deb topildi.  G’olib va sovrindorlar “Gidromelioratsiya” fakulteti

jamoasi nomidan esdalik sovg’alar va diplomlar bilan munosib taqdirlandi.

Tadbirni o’tkazishdan maqsad va natija:

  Musobaqada jami 14 ta akademik guruh jamoalari qatnashganligini hisobga olgan holda fakultet talabalari o’rtasida hamjihatlikni yuqori darajada ta’minlash do’stlik tuyg’ularini shakllantirish. Yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishini va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini yanada mustahkamlash.


   Natija: Talabalarning yakshanba kungi bo’sh vaqtidan unumli foydalanish jarayoni yuzaga keldi. Akademik guruhlar talabalari bir-biri bilan o’zaro yanada yaqindan tanishish, do’stlashish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Institut fudbol bo’yicha terma jamoasiga yangi iste’dod egalari kashf etildi. Fakultet talabalarining O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarga bo’gan qiziqishi sof raqobat muhiti jihatidan qolgan talabalarda o’ziga xos qiziqish uyg’otdi.

Report Page