Navbahor Oltiariqda"Do'stlik" futbol klubiga qarshi to'p surishi mumkin.

Navbahor Oltiariqda"Do'stlik" futbol klubiga qarshi to'p surishi mumkin.

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》

@Oltiariq_tv

Yangi bosh murabbiy qo'lida mashg'ulotlar o'tkazayotgan "Do'stlik" futbolchilari kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Jamoa futbolchilari viloyat kubogi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida mashg'ulotlardan so'ng "Do'stlik" klubi bazasida tunab qolishmoqda.

Klubning bazasidagi sharoit va ichki muhit qay darajada a'lo ekanligini futbolchilarning kayfiyatidan ham bilishimiz mumkin.

FCDOSTLIK
FCDOSTLIK

Klubning bosh murabbiyi, yangi kelgan va klub tarkibida bo'lgan futbolchilarning imkoniyatlari va xatolarini bilish uchun 29-okrabr kuni Farg'ona shahridagi "Istiqlol o'yingohi"ning suniy qoplamali maydonida "Farg'ona shahri jamoasiga qarshi maydonga tushib g'alaba qozondi. Quvonarlisi shundaki klub tarkibidagi ayrim futbolchilar murabbiyda yaxshi ta'surot qoldirdi chog'i ushbu futbolchilar yana ozgina mehnat qilishsa PRO liga va Super liga bahslarda ham to'p tepib keta olishlari mumkinligini bosh murabbiy tan olmoqda.

Yangi bosh murabbiyning talablarini a'lo darajada bajarib asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar esa asta sekinlik bilan saralab olinishi davom etmoqda. 

Aynan asosiy tarkibni shakillantirish uchun ham ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish maqsad qilingan. Hozirda "Do'stlik" va Namangan viloyatining "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv hamda qaysi maydonda o'tkazilishi uchun muzokaralar olib borilmoqda. Agar muzokaralar samarali yakunlansa "Navbahor klubi "Oltiariq o'yingohi" ga tashrif buyurib "Do'stlik" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.


Report Page