Futbol

Futbol

🌐OLTIARIQ_TV

Nemislar turklardan ustun! Rasman Yevro—2024 ga Germaniya mezbonlik qiladi.


@oltiariq_tv


Bugun, 27-sentabr sanasida UEFA tashkiloti 2024-yilda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladigan davlatni aniqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, ovoz berish natijasida Germaniya mezbonlik huquqini qo‘lga kiritdi. Turkiya topshirgan ariza esa mag‘lubiyatga uchradi. Mezbonlik uchun mazkur ikki davlatdan boshqa da‘vogarlar yo‘q edi.

Germaniya bungacha 3 ta katta musobaqaga mezbonlik qilgan. Ikki bor Jahon chempionati va bir marta Yevropa chempionati.

Yevro—2024 arizasi uchun Germaniya 10 ta shahardagi stadionlarni tanlagan edi: Berlin, Myunxen, Dortmund, Gelzenkirxen, Shtutgart, Gamburg, Dyusseldorf, Kyoln, Leypsig va Frankfurt-Mayn.


Report Page