Farg'ona futboli ortida kimlar bor?

Farg'ona futboli ortida kimlar bor?

⚽️ Futbolium

》》》》》

Logo: FFA

Sarlovham ko'pchilikda bir necha fikrlar uyg'otgani tabiiy hol. Chunki mustaqillik yillarida farg'ona futboli shu darajada kuchli ediki xatto manaman degan osiyo grandlari va MDH davlatlari klublari ham farg'ona klubi bo'lgan Neftchidan cho'chishardi.


Hozirchi, hozir?

Ayni damda farg'ona futbolida nimalar bo'layotgani faqatgini ishbu tizim ichidagi o'z nafsi va puldor amaldorlarning aytganini qilishga o'rganib qolgan qo'shtirnoq ichidagi qo'g'irchoqlarga tushib qolgan desak adashmaymiz. Taniqli jurnalist va futbol ekperti, UFFda faol ish yuritgan Alisher Nikumbayev hozirda chet elda (Qatarda) samarali ish olib borayotganiga e'tibor bersak, bizga yani farg'ona futboliga aynan Nikimbayev singari oqilona va to'g'ri qaror chiqara oladigan kadrlar yetishmayabti.


FFA (Farg'ona futbol asotsatsiasi) o'zi yuratayotgan oddiy ikkinchi liga bahslarini ham o'tkazishda bir emas ishonavering doimiy ravishda xatolarga yo'l qo'yib kelmoqda. Bunga misollar ko'pligidan qaysi birini aytishga ham hayronman to'g'risi! Ha mayli uzoqqa bormaylikda o'zim shahsan guvoh bo'lgan ikkinchi liga bahslaridan biri Uchko'prik tumanining "Zafar" va Oltiariqning "Do'stlik" klublari o'rtasidagi uchrashuvga to'xtalsam.


Ushbu uchrashuvni kuzatish uchun Uchko'prik tumanidagi o'yingohga yetib borishim bilan (viloyatimizdagi barcha o'yinlarni kuzatish odatga aylangan) e'tiborimni maydonning futbol o'ynash uchun yaroqsiz (maydondagi darvozabon o'rni suv bilan to'la) ekanligi o'ziga tortdi va o'yin qoldirilsa kerak yoki uchko'prikliklar maydonni tayyorlay olmaganligi uchun o'yin qoldirilib mehmonlarga uch ochko berilsa kerak deb o'ylab turgan vaqtimda hakamlar maydonga futbolchilarni boshlab tushishdi! Ha mayli uchrashuv komisari kichikdek tuyilgan katta xatoga yo'l qo'ydi deb futbol ko'rishni boshladim.


Uchrashuv ikki klubning hujumkorligi bilan boshlangan bo'lsada "Do'stlik" klubida indivudial kuchli ikki uch o'yinchilarning harakatlari mezbonlar himoyachilarida g'azab va tajovvuzkor o'yin namoish qilishga sabab bo'ldi. Buni qarang uchrashuv hakami ushbu holatlarda vaziyatga professinallarcha yondosha olmay o'yin tizginini qo'ldan chiqarishni boshladi. Maydonning sifatsizligidan yaxshi foydalanishni o'rgangan mezbonlar darvozaga uzoq masofalardan zarbalar berib ikki marotaba naq maydon markazidan gol urishdi. Ushbu gollarda maydonning talabga javob bera olmasligi darvozabon uchun 100% sezilib qoldi!


Uchrashuv so'ngida 4:4 hisobi qayd etilib turgan vaqtda hakamning uchrashuvni yakunlanganligi to'g'risidagi hushtagi chalinishi bilan aynan o'sha g'azabga to'lgan uchko'priklik futbolchilar "Do'stlik" klubi o'yinchilarini quvib borib urishni boshlashdi. Buni ko'rgan o'yingohdagi mahalliy muhlislar ham yig'ilib faol tarzda janjalga aralashib ketdilar! Yana bir hayron qolarli tarafi shunda bo'ldiki kaltak yegan "Do'stlik" klubing ikki o'yinchisi qizil kartochka bilan siylandi. Hakamni tushunaman maydondagi muhlislar qarshisida muvozanatni ushlash uchun ayibsiz ikki o'yinchini jazoladi! (FFA esa o'lganni ustiga tepgandek bu ikki futbolchini 4 5 uchrashuvga chetlatibdi. Qani endi halol futbol?👏)

Janjalda "Do'stlik" o'yinchilari qochib yurishgan aslida.

O'sha uchrashuvdan uzoqlashmaylikda voqealar davomiga o'tsak. FFA qarori bilan "Zafar" klubi ro'yxatga kiritilmagan futbolchini o'ynatgani uchun o'sha uchrashuvda mezbonlarga mag'lubiyat yozildi! Eee bo'lar e maynavozchiliklar komisar va hakamlar o'sha o'yinchi maydonga tushayotganda qayoqqa qarashdi? Yuqorida aytganimdek o'yingohni tayyorlay olmagan klubni nima uchun hakamlar maydonga olib tishdi?


Shunga o'xshash savollar talaygina topilmoqda lekin yechim va FFA da halol futbol tarafdorlari ko'rinmayabti. Agarda shunday kadrlar bo'lganda edi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan hususiy klublarni oyog'iga bolta urmasdan rivojlanish strategiyasiga o'z ulishlarini qo'shib viloyat futboli ravnaqi uchun harakat qilishardi.


Mavzuga yana qaytamiz qadirdonlar. Endigi masala FFA bo'yicha aniq dalillari bilan ko'rsatilgan xatolar takrorlanayotgani to'g'risidagi savollar viloyatimiz rahbariga FFA prezidenti yoki UFA ga bloggerlar tomonidan beriladi.


Farg'ona shahridan A Mamadaliev tayyorladi.

Report Page