Futbol

Futbol

🌐OLTIARIQ_TV

Mirjalol Qosimov haqida qisqacha malumot:

@Oltiariq_tv

Tug'ilgan sanasi: 1970 yil, 17 sentabr

Tug'ilgan joyi: O'zbekiston, Toshkent shahri

Bo'yi: 174 sm

Poziciyasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: "SK FMM Moskva" (1986), "Paxtakor" (1987), "Dinamo Minsk" (1988), "Paxtakor" (1988-1991), "Spartak Vladikavkaz" (1992), "Paxtakor" (1993), "Alaniya" (1994-1996), "Paxtakor" (1997-1998), "Alaniya" (1999), "Paxtakor" (1999), "Krilya Sovetov" (2000-2001), "Al SHabab" (2001-2002), "Paxtakor" (2002-2003), "Alaniya" (2003-2004), "Mashal" (2005).

Terma jamoadagi faoliyati: O'zbekiston (1992-2005)

Murabbiylik faoliyati: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi (2006-2007), "Bunyodkor" (2007-2014), O'zbekiston terma jamoasi (2008-2010, 2012-2015)

Mirjalol Qosimov o'zbek futbolining tirik afsonasi. Qosimov faoliyati davomida bir nechta musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yagona o'zbek futbolchisi sanaladi. Mirjalol Qosimov 14 yoshidan boshlab Sobiq Ittifoq terma o'smirlar terma jamoasida o'ynagan. Qosimov Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi sardori bo'lgan. Mirjalol Qosimov sardorligi ostida Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan. SHuningdek, Mirjalol Qosimov o'smirlar terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ham zafar quchgan. Qahramonimiz 1985-1986 yilda Moskva shahridagi oliy darajadagi futbol maktabida tahsil olgan.

Mirjalol Qosimov deganda futbol muxlislarining ko'z o'ngida jarima va burchak zarbalarini alo darajada ijro etadigan moxir futbolchi gavdalanadi. O'zbek o'g'loni uchun jarima zarbasi misoli 11-metrlik jarima to'pidek edi. Qosimov o'zining "sehrli" chap oyog'ida ko'plab mahoratli darvozabonlarni qiynab kelgan. Mirjalol Qosimov ushbu qobiliyati orqali o'zbekistonlik millionlab muxlislarga qanchadan-qancha quvonch ulashgan.

Qahramonimiz qaysi jamoa safida to'p tepmasin barchasida ajoyib o'yinlarni o'tkazgan. Qosimovning maydonni ko'rish, sheriklarini birgina to'p uzatishi orqali qulay vaziyatga chiqarib yuborishi va o'z "firmenniy" zarbasi bilan darvozani ishg'ol etish sana'ti juda yuqori bo'lgan. Mirjalol Qosimov UEFA tasnifidagi uchrashuvlarda gol kiritgan osiyolik ikkinchi, O'zbekiston tarixida esa bu ishni uddalagan birinchi futbolchi hisoblanadi.

Mirjalol Qosimovning "Liverpul" darvozasiga kiritgan super-goli:

Mirjalol Qosimov "Alaniya" safida UEFA kubogi doirasida "Liverpul" qarshi o'yinning 21-daqiqasida mersisaydliklar darvozasini jarima zarbasidan ishg'ol etgandi. Lekin o'sha bahsda "Alaniya" g'alabani saqlab qololmagan, Makmanaman va Rednapplarning gollari evaziga "Liverpul" yakunda zafar quchgandi. Mirjalol Qosimov "Paxtakor" safida jami 52ta gol urgan Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng kuchli futbolchi deb bemalol ayta olamiz. Qosimov o'zi o'ynagan davrda terma jamoaning eng asosiy figurasi va etakchisi bo'la olgan. Qosimovda sheriklarini o'z ortidan ergashtira olish qobiliyati, etakchilik xususiyati juda yuqori bo'lgan. O'zbekiston terma jamoasi o'yinida o'z imzosiga ega bo'lgan sanoqli futbolchilardan biri hisoblangan Mirjalol Qosimov.


Qosimov "Alaniya" safida 1995 yilda Rossiya chempionligini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. Mirjalol Qosimov o'zining futbolchilik faoliyatini 2007 yilda rasman yakunlagandi. Toshkentdagi MHSK stadionida o'tgan hayrlashuv uchrashuvi Qosimovning bir qator do'stlari, sobiq jamoadoshlari kelishgan. O'zbekiston terma jamoasi va "Evropa va Osiyo yulduzlari"dan iborat tashkil etilgan jamoalar o'zaro kuch sinashishgan. Bu hayrlashuv o'yinida bir qator mashhur futbolchilar, murabbiylar tashrif buyurishgan. Osiyolik mashhur futbolchilardan Ali Daei, Muborak Mustafa, evropaliklardan Sergey Semak, Andrey Karyaka, Viktor Onopko, Areksandr Tarxanov kabi yulduzlar ishtirok etishgan. "Alaniya"da Qosimovga ustozlik qilgan Valeriy Gazzaev, Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiylik qilgan Aleksandr Pikarev kabi mashhur mutaxassislar ham Toshkentga kelishgandi. Hayrlashuv uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangan.


Qosimov hozirgi kunda Olmaliqning AGMK klubida bosh murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.

Report Page