Futbol

Futbol

@Jizzax

“Real Madrid” dunyoning eng qimmat futbol klubi

“Forbes” jurnali anʼanasini davom ettirgan holda dunyoning eng qimmat sport klublari reytingini eʼlon qildi. 

Barcha sport vakillari qamrab olinadigan mazkur reytingning futbol klublari orasidagi roʻyxatdan har doimgidek “Real”, “Barselona” va “Manchester Yunayted” klublari kuchli oʻnlikdan joy olgan. Top-50da “Bavariya” (24-oʻrin), “Manchester Siti” (34-oʻrin), “Chelsi” (37-oʻrin) va “Arsenal” (47-oʻrin) kabi klublar ham qayd etilgan.

Roʻyxatning “sovrinli” oʻrinlarini Amerika klublari band etishgan. Amerikacha futbol boʻyicha “Dallas” klubining qiymati 5,5 milliard AQSH dollariga baholangan holda peshqadamlikni davom ettiryapti. Kuchli uchlikdan esa “Yankis” beysbol hamda “Nyu-York” basketbol klublari joy olishgan. Hatto toʻrtinchi oʻridagi klub ham Amerikadan – “Leykers” basketbol klubi.

Dunyoning eng qimmat sport klublari reytingi (top-10):

1. “Dallas Meveriks” (AQSH, amerikacha futbol) - 5,5 milliard dollar

2. “Nyu-York Yankiz” (AQSH, beysbol) - 5 milliard

3. “Nyu-York Nikerbokers” (AQSH, basketbol) - 4,6 milliard

4. “Leykers” (AQSH, basketbol) - 4,4 milliard

5. “Golden Steyt Uorriorz” (AQSH, basketbol) - 4,3 milliard

6. “Real” (Ispaniya, futbol) - 4,24 milliard

7. “Nyu-Ínglend Pétriots” (AQSH, amerikacha futbol) - 4,1 milliard

8. “Barselona” (Ispaniya, futbol) - 4,02 milliard

9. “Nyu-York Djayents” (AQSH, amerikacha futbol) - 3,9 milliard

10. “Manchester Yunayted” (Angliya, futbol) - 3,81 milliard.


Report Page