Futbol

Futbol

🌐OLTIARIQ_TV

Ektor Kuperga qadar O‘zbekiston terma jamoasida kimlar ishlab ketdi?

@oltiariq_tv


Avvalroq argentinalik futbol mutaxassisi Ektor Kuper rasman O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Unga qadar O‘zbekiston terma jamoasida 23 murabbiy ishlagan, deb yozadi “Championat.asia”.

Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasida ishlaydigan umumiy hisobdagi yigirma ikkinchi, xorijlik sakkizinchi va janubiy amerikalik ikkinchi mutaxassis bo‘ladi. Bunga qadar 7 nafar xorijlik murabbiy O‘zbekiston terma jamoasida ishlagan. Ektor UEFA talqini bo‘yicha 2000-yil Yevropaning eng yaxshi murabbiy deb topilgan.

O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan murabbiylar ro‘yxati:

  1. Rustam Akramov (1992-1994)
  2. Aleksandr Ivankov (1995)
  3. Birodar Abduraimov (1995)
  4. Bahodir Ibrohimov (1996)
  5. Rustam Mirsodiqov (1997)
  6. Ubirajara da Silva (Braziliya) (1997-1998)
  7. Mahmud Rahimov (1999)
  8. Viktor Borisov (2000)
  9. Pavel Sadirin (Rossiya) (2000)
  10. Yuriy Sarkisyan (2000)
  11. Bahrom Hakimov (2000) — 2000-yil noyabr-dekabr oylarida terma jamoa bosh murabbiyi, ammo birorta o‘yin ham yig‘in ham o‘tkazmagan.
  12. Vladimir Salkov (Rossiya) (2001)
  13. Leonid Ostroushko (Qozog‘iston) (2001)
  14. Ravshan Haydarov (2002-2004, 2005)
  15. Yurgen Gyode (Germaniya) (2005)
  16. Robert Xougton (Angliya) (2005)
  17. Valeriy Nepomnyashiy (Rossiya) (2006)
  18. Rauf Inileyev (2007-2008)
  19. Mirjalol Qosimov (2008-2010, 2012-2015)
  20. Vadim Abramov (2010-2012)
  21. Samvel Babayan (2015-2017)
  22. Ro‘ziqul Berdiyev (2017 vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi)
  23. Temur Kapadze (2018 vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi)
  24. Ektor Kuper (Argentina) 2018 ...


Report Page