Futbol

Futbol


Futbol boʻyicha Toshkent turniri

NIZOMI

Futbol boʻyicha Toshkent turniri Toshkent shahrida aprel oyining birinchi yarmida “Toshkent 5 tashabbus harakati” doirasida dolzarb ijtimoiy muammolar uchun texnologik yechimlarni yaratish maqsadida oʻtkaziladi.Jamoalar sportdagi iqtidorini namoyish etishadi va gʻoliblar qimmatli sovgʻalarga ega boʻlishadi.

1. Tanlov tashkilotchilari

Turnir Toshkent shahar hokimligi tomonidan taʼsis etilgan.

2. Tanlov maqsadlari va vazifalari

- Oʻzbekiston yoshlari orasida iqtidorli sportchilarni aniqlash.

- Yoshlar oʻrtasida sportni targʻib qilish.

- Yoshlar tashabbuslarini toʻgʻridan-toʻgʻri davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.

- Sportga qiziquvchi yoshlar sonini koʻpaytirish.

3. Tanlovda qatnashish shartlari

3.1. Tanlovda qatnashish uchun Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtincha yashab turgan Oʻzbekiston fuqarolari yoki Oʻzbekistonda yashash huquqiga ega boʻlgan shaxslar, jamoalar taklif etiladi.

3.2. Oʻzbekistonning boshqa shaharlari jamoalarining ishtirok etishiga turnir oʻtkazilish vaqtida Toshkent shahrida yashab turishni mustaqil ravishda taʼminlash sharti bilan ruxsat etiladi.

3.3. Tanlovda qatnashish huquqi ishtirok etish uchun ariza berish vaqtida 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan shaxslarga beriladi.

3.4. Tanlov tashkilotchilari jinsi, irqi, etnik, diniy va lisoniy mansubligi bilan bogʻliq har qanday shakldagi diskriminatsiyaga yoʻl qoʻyilmasligini maʼlum qiladilar.

3.5. Tanlovda qatnashish bepul. Tanlov tashkilotchilari turnir ishtirokchilarini oziq-ovqat va kundalik xarajatlar bilan taʼminlamaydi.

4. Tanlovni oʻtkazish bosqichlari

4.1. Jamoalar soni cheklangan, roʻyxatdan oʻtgan dastlabki 32 jamoa turnirda qatnashish huquqiga ega boʻladi.

4.2. Ariza berish muvaffaqiyatli amalga oshgach, Turnir tashkilotchilari jamoalar bilan jamoalarni saralash jarayoniga oid koʻrsatmalarni berish uchun bogʻlanadi.

4.3. Turnir uchun qurʼa tashlash asosiy turnirdan 10 kun avval jamoa kapitanlari bilan birga oʻtkaziladi.

4.4 Musobaqalarda qatnashish huquqiga ega boʻlgan jamoalar oʻyinchilarning ariza blankalarini belgilangan shaklda toʻldirib, Tashkilotchilarga topshiradilar.

4.5 Musobaqalarda qatnashish uchun jamoa kapitani jamoa haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ariza blankalarini Telegram bot orqali topshirishlari lozim:

Jamoa kapitani (ismi)

Oʻyinchilar familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi (kun/oy/yil)

Jamoa nomi

Bogʻlanish uchun kontaktlar

4.6. Qurʼa tashlash natijalariga koʻra 32 jamoadan iborat turnir jadvali belgilanadi. Chorak final va yarim final oʻyinlar bir kunda oʻtkaziladi. Final va 3-oʻrin uchun bahs festivalning 5-kunida boʻlib oʻtadi.

5. Umumiy holatlar

5.1. Oʻyinda 4 nafardan maydon oʻyinchisi va darvozabondan iborat 2 jamoa qatnashadi (har bir jamoada 3tadan zaxira oʻyinchi).

5.2. Match davomiyligi — 20 daqiqalik “toza” vaqt va 5 daqiqadan oshmagan tanaffusdan iborat 2 taym.

5.3. Oʻyinga kelmaslik yoki 10 daqiqadan koʻproq kech qolish holatida jamoa hisobiga 0:5 hisobida texnik magʻlubiyat qayd etiladi.

5.4. Oʻyinchilarni almashtirish match davomida amalga oshiriladi, ularning soni cheklanmagan. Shuningdek, ofsaydlar yoʻq.

5.5. Maydon oʻyinchilariga tananing qoʻldan boshqa istalgan aʼzosi bilan oʻynashga ruxsat etiladi. Maqsad raqib darvozasiga gol kiritish.

6.Hakamlik

6.1 Musobaqalar hakamligi “Mini-futbol oʻynash qoidalari”ga muvofiq va amaldagi Reglamentni nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

6.2 Turnir oʻyinlari hakamligi Turnir tashkilotchilari tomonidan tavsiya etilgan va tasdiqlangan hakamlar tomonidan amalga oshiriladi.

6.3 Agar jamoalardan birining futbolchilari yoki rasmiy shaxslari tomonidan sodir etilgan tartibsiz harakat, shuningdek, jamoaning oʻz xohishi bilan maydondan ketishi sababli hakam qaroriga koʻra oʻyin toʻxtatilgan boʻlsa, bu jamoaga 0:5 hisobda magʻlubiyat, raqib jamoaga esa 5:0 hisobda gʻalaba qayd etiladi. Toʻplar nisbati koʻproq yoki uchga teng boʻlgan holatda natija oʻz kuchida qoladi. Agar oʻyin har ikkala jamoa aybi bilan tugatilmagan boʻlsa, har ikkala jamoaga ham 0:5 hisob bilan magʻlubiyat qayd etiladi.

6.4 Agar chiqarib yuborishlar natijasida jamoalardan birida 4tadan kam oʻyinchi qolsa, oʻyin tugatilishi kerak va jamoaga 0:5 hisobda magʻlubiyat, raqib jamoaga esa 5:0 hisob bilan gʻalaba qayd etiladi. Toʻplar nisbati koʻproq yoki uchtaga teng boʻlgan holatda natija o'z kuchida qoladi. Agar chiqarib yuborishdan soʻng har ikki jamoa tarkibida oʻyinni davom ettirish uchun yetarli boʻlmagan oʻyinchilar soni qolsa, unda har ikkala jamoaga 0:5 hisobda texnik magʻlubiyat qayd etiladi.

6.5 Har ikki jamoa gollari teng boʻlgan holatda har ikki jamoa uchun oʻyindan keyingi penaltilar belgilanadi.

Turnirda qatnashuvchi jamoalar yuksak tartib-intizom, uyushqoqlik, raqiblar, tomoshabinlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga hurmatni saqlagan holda amaldagi Reglamentning barcha shartlarini bajarish majburiyatini oladilar. Jamoa rahbarlari hakamlarning oʻyin davomidagi harakatlariga aralashish huquqiga ega emas. Jamoalar oʻyinga qadar, oʻyin vaqtida va undan keyin maydondagi tartib va xavfsizlik uchun sport inshooti hududini tark etmaguncha masʼuldirlar.

Tanlov tashkiliy qoʻmitasi:

Sayt:

Raqam:

Telegram:

Yoʻqolgan buyumlar uchun maʼmuriyat javobgar emas, iltimos eʼtiborli boʻling.




Report Page