Butunjahon futbol klublari assotsiatsiyasi tashkil etildi va unga yangi prezident saylandi

Butunjahon futbol klublari assotsiatsiyasi tashkil etildi va unga yangi prezident saylandi

🌐OLTIARIQ_TV

•••

Foto: Twitter

“Real” klubi rahbari Florentino Peres Butunjahon futbol klublari assotsiatsiyasiga (WFCA) prezident etib tayinlandi.

Mazkur tashkilot klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatini o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. 15-noyabr, juma kuni “Real”, “Milan”, “Boka Xuniors”, “River Pleyt”, Meksikaning “Amerika”, Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti”, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” va Kongo DRning “Mazembe” klublari vakillari FIFA qarorgohida uchrashdi.

Yig‘ilishdan maqsad yangi tashkilot tuzish va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatini o‘tkazish tartibini rejalashtirish bo‘ldi. Yangi tashkilotga Peres rahbar etib saylandi.

Butunjahon futbol klublari assotsiatsiyasi FIFA tashabbusi bilan tashkil etildi. Kelajakda boshqa klublar ham tashkilot a’zosiga aylanadi.

Report Page