Oltiariq jamoalariga omad.

Oltiariq jamoalariga omad.

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》

@Oltiariq_tv

Viloyat birinchiligi 17-turi oltiariqning ikki klubi "Imkon" va "Do'stlik" jamoalari uchun oson kechmaydi. Chunki har ikki klubimiz safarda anchayin kuchli klublar bilan bellashishadi. 


Marg'ilonda "Farovon" klubi bilan "Imkon" o'yini muhlislarda qiziqish uyg'otayotganligi aniq, chunki bu ikki klubning birinchi davrada "Imkon_Arenada bo'lib o'tgan uchrashuvi durrang (1:1) bilan yakunlangandi. "Imkon" klubi o'ziga turnirni chempion sifatida yakunlashni maqsad qilganini inobatga olsak, Marg'ilonda "Imkon"ni g'alabadan boshqa hechqanday hisob qoniqtirmaydi.


Toshloq tumanining "Toshloq" klubi ham birinchilikni ancha ko'tarinki kayfiyatda boshlagan bo'lib, dastlabki turlarda ketma-ket g'alabalar qozonishgandi. Ammo "Oltiariq Markaziy o'yingohi"da "Do'stlik" klubi toshloqliklarga hechqanday imkoniyat qoldirmay 5:2 hisobida g'alaba qozonishgan. "Toshloq" esa o'z maydonida muhlislari qarshisida "Do'stlik" klubini o'sha mag'lubiyat uchun ham yutishga urinishi aniq. 


Nima bo'lgan taqdirda ham Oltiariqlik muhlislar bu ikki "Imkon" va "Do'stlik" klublariga ishonishadi va 15-sentabr kungi o'yinlarda jamoalarimiz g'alaba qozonish uchun, borlarini berib to'p surishlarini, klub futbolchilaridan so'rab qolishadi.

"Farovon" - "Imkon"(Oltiariq)

⚽️ Viloyat birinchiligi 

📟 17- tur

📅 15.09.2019

⌚️ 16:00

🏟 Marg'ilondagi o'yingoh (hali aniqlik kiritilmadi.


"Toshloq" - "Do'stlik"(Oltiariq)

⚽️ Viloyat birinchiligi 

📟 17- tur

📅 15.09.2019

⌚️ 16:00

🏟 Toshloq markaziy o'yingohi

Report Page