Friend

Friend

아야나

Do'st... Tariflash qiyin bo'lgan jumlalardan biri. Do'st har qanday holatdada seni qo'llab turuvchi inson. Sen uchun bariga tayyor, sen uchun baridan voz kecha oladigan inson. Do'st sen tirik qolishing uchun o'zini qurbon qilishga tayyor. Sening baxting uchun o'zini baxtidan voz kecha oladigan sening eng qadrli insonlaringdan biri bu Do'st.

Sena va Jihyee birga maktabga kelishdi. Sena uyidagi muammolar tufayli oxirgi paytalarda juda asabiy va juda xomush edi. Sena shu tufayli Jihyee bilan urushib qolgandi. Maktabga kelayotganda na Sena Jihyeega so'zlasi na Jihyee Senaga shu zayilda ikkala qalin do'stning orasiga sovuqchilik oraladi. Jihyee ham juda mayus edi va maktabga kelishi bilan partaning ustiga yotib oldi. Shu payt Jihyeening oldiga Teahyung keldi.

Tea: Jihyee nima bo'ldi.

Jihyee: Aaa yo'...q hech nars..a bolgani yoq shunchaki... SSSena bilan totishib qoldik xolos. Deb duduqalnib qolib qizarib ketti. Chunki Jihyee Teani sevardi. Ammo Tea buni bilmasdi

Tea: Hmm unda... Tea gapini tugatmasdan Jihyeening yoniga Sena keldi.

Sena: Jihyee kel tashqarida gaplashib olaylik. Iltimos.

Jihyee: mayli

Sena va Jihyee tashqariga chiqishdi Tea ularning ortidan qarab qoldi va ozining partasiga borib o'tirdi.

Sena: Jihyee men sendan kechagi ish uchun kechirim so'ramoqchi edim Iltimos meni kechir o'sha paytda men juda asabiy holatda edim. Meni o'zing tushunasan. Jihyee kulib

Jihyee: eyyy asalim sendan hafa bo'lib bo'lami sedan hafa bo'lganim yo'q.

Sena: rostanmi o'zimning duganajonim.

Sena: ha yana senga bir yangiligim bor men Teahyunni sevib qoldim.

Pov/Jihyee

Shu gapni eshitar ekanma ichim huddi olov bo'lib yondi. Ichimdagi hamma narsa ostun ustun bo'ldi. Bu gapni eshitar ekanman huddiki ichimda vulqon otilib hamma yoq vayron bo'lganday, katta binolar qulaganday bo'ldi. Ahir men men Teani sevamanku ammo meni eng yaqin dugonam ham uni sevadi. Eyy hudoyim nimalar bo'lyapti. Bo'ldi Jihyee o'zingni yig'ishtirib ol chunki seni dugonang uni sevadi bo'ldi endi hammasi tamom endi sen uni sevmaysan.

Sena: Jihyee alo meni eshityapsanmi Jihyee nimadir bo'ldimi?

Jiyee: Aa yo'q hech narsa bo'lgani yo'q. O'zim shunchaki.

Sena: Haa unda kettit hozir darslar boshlanadi.

Sena va Jihyee sinflariga kirishdi.

Oradan oylar o'tti. Sena va Tea juda yaqin bo'lib olishdi. Ammo Jihyee juda homush edi va unda g'alati bir kassallik paydo bo'ldi.

Doktor: Sizning yuragingiz ishdan chiqqan bu juda og'ir kasallik buni davolash uchun bizga donor kerak bo'ladi.

Jihyee: Mayli. U shunchaki mayli deb qo'ydi holos.

Doktor: ammo iloji boricha tezroq. Donor topguninggizcha muntazam ravishda muolajalarni olib boring.

Jihyee: hop mayli doktor hayr

Jihyee uni donor topishga puli yo'q edi.

Uni kunda doktorga qatnayotganidan Sena shubhalandi va o'sha doktorning yoniga borib so'zlashdi. Sena hamma gapdan habar topgach donor izlashga tushdi. Jihyee Senaga kasalligini aytmagandi.

Jihyeening ahvoli kundan kunga yomonlashardi va oxiri kasalxonada qolishga majbur bo'ldi. Sena uni har kuni ko'rgani kelardi. Bir kuni sena kelayotgan payt Jihyeening yig'isini eshitti va eshik orqasida turib uni tingladi. Jihyee o'sha payti mushungiga dardini aytayotgandi.

Jihyee: senga yaxshi. Sen hali ko'p yashaysan menchi men qancha umrim qo'lganini ham bilmayman. Bu dunyo juda vaxshiy shundaymi? Taqdir juda beshavqat. Men sevadigan insonni mening eng yaqin dugonam sevadi. Kulgi aralash yig'i bilan. Ammo men dugonamga hiyonat qilolmayman. Men uchun uni baxti muxumroq deya zo'rdan nafas olardi Jihyee juda ko'p aparatlarga ulab qo'yilgandi. Sena eshik orqasida turub bu gaplarni eshitb u ham ko'ziga yosh oldi keyin esa o'zini o'nglab xonaga kirdi Jihyee ko'z yoshlarini bildirmaslik uchun orqaga qarab ko'zyoshlarini artti.

Sena: Dugonajoni qalaysan yaxshimisan qara senga nima olib keldim sen yaxshi ko'rgan shokoladlardan olib keldim. Jihyee kulib: rahmat o'zimni dugonam meni o'zi shokoland yegim kepturgandi. Jihyee shokolandlarni yeb bo'lgach birdan mazasi qocha boshladi. Sena esa doktorni chaqirdi.

Doktor: unga tezroq donor topish kerak axvoli juda yomon.

Sena: doktor men unga donor bo'laman.

Doktor: sen yoshgina umringni xazon qilmoqchimisan bu aperatsiya yaxshi bo'lishiga yuz foiz kalolat berolmayman. U tirik qolishi mumkin ammo sen...

Sena: men dugonam uchun hammasiga tayyorman. Qachon aperatsiyani boshlaysiz

Doktor: unda mayli. Aperatsiyani bir soatlardan keyin boshlaymiz.

Sena mayli dedi va Teaga qo'ng'iroq qilib kasalxonaga kelshini aytti. Tea tezda yetib keldi.

Sena: Tea senga bir narsani aytishim kerak seni Jihyee sevadi uni hech qachon yolg'izlatib qo'yma uni hech qachon tashlab ketma va ranjitma.

Tea: nima bo'ldi senga nega bunday deyapsan seni tushunmadim?

Sena: shuni bilki Jihyee seni juda qattiq sevadi.

Doktor: honim keling aperatsiya tayyorgarlik ko'rish kerak.

Sena shu gaplarni aytti va doktorning honasiga kirib ketti. Tea hech narsani tishunolmadi va Senani aperatsiyadan chiqishini kutti. Doktor Jihyeega donor topilganligini va hech qanday pulsiz rozi bo'lganini aytti. Jihyee sal bo'lsa ham xursand bo'ldi ammo donor Sena ekanlini bilmasdi...

Jihyee ko'zlarini ochdi uning ustida uning qo'llarini ushlagancha ko'zini yoshlab Tea turardi. Ammo Jihyee boshqa odamni qidirardi yani Senani.

Jihyee: Tea sen bu yerga qanday kelding nimaga yig'layapsan Sena qani?

Tea bu gapdan keyin qattiq yig'lab yubordi. Jihyeeni yuragi shuv etib to'xtab qolganday bo'ldi.

Jihyee: Tea gapi nima bo'ldi lekin iltimos men o'ylagan narsani aytma

Tea: Ha Sena sening donoring bo'ldi o'zi hohlab seni donoring bo'ldi.

Jihyee: YO'Q... BO'LISHI MUMKIN EMAS SENA SENA YO'QQQQQ

Tea: bo'ldi tinchlan azizam bo'ldi. Jihyee sal o'tib tinichlandi va Teaga yuzlandi Sena hozir qayerda.

Tea: hozi u o'liklar saqlanadigan honada ertaga uni dafn marosimi. U menga mana bu hatni senga berishimni aytti.

Xatda:

Azizim Jihyee. Sen mening eng yaqin insonimsan, eng yaqin dugonam. Men hammasini bilaman Teani sevishingni meni deb o'z sevgingdan voz kechganing bilaman. Meni kechir bu gaplarni sening o'zingga aytmoqchi edim ammo ming afsus senga aytolmadim. Senga yuragimni berganimdan hech qachon afsuslanmaymam. Sen meni o'ylama baxtli bo'l. Teahyung bn turmush qur bolalaringa albatta men haqimda ayt sizning oyingizni shunqa sal jinniroq o'rtog'i bo'lgan deb. Albatta ayt. Sen yashashga baxtli bo'lishga loyiqsan. Shuni bilki Men seni har doim yaxshi ko'raman...

Sening eng suyukli dugonang Sena.

Jihyee xatni o'qib ko'zlariga yoshlar kela boshladi. Oxiri qattiq baqirib yig'lab yubordi.

Jihyee: YO'Q SENA YO'Q HAMMASI MENI DEB BO'LDI YO'QQQQ.

Tea: bo'ldi azizam yig'lama hammasi yaxshi bo'ladi. Hammasi o'tib ketadi hammasini birgalikda yengamiz.

Senaning dafn marosimlari o'tti. Ammo Jihyee haligacha xomush edi.

Pov/Jihyee

Hayot buncha beshevqat. Nega aynan u nega aynan u. Hayot hech kimga rahim qilmaydi...

Oradan yillar o'tti Teahyung bn Jihyeening to'yi bo'ldi. Ularni bitta qizi bo'ldi uning ismini Sena deb qo'yishdi. Jihyee va Teahyungning qizi katta bo'ldi. Teahyung va Jihyeening qizi bir kuni Jihyee va Senani birga tushgan suratini topib oldi.

Sena: Oyiii mana bu suratdagi qiz kim?

Jihyee: Bumi bu meni eng yaqin dugonam Sena.

Sena: Hmmm men bilan ismi bir hil ekanmi? Juda chiroyli qiz ekan u hozir qayerda?

Jihyee: ha umi u osmonda u osmondan bizlarni kuzatib turibdi.

Sena: qani u osmonda yo'qqqu

Jihyee: buni katta bo'lganingda tushunasan deb sal jilmayib qo'ydi va ko'zidan yosh oqdi.

Sena: oyi nega yig'layapsiz? Yig'lamang.

Jihyee: yo'q qizim yig'layotganim yo'q.

Tea: qani bu yeda nimalar bo'lyapdi meni mitti malikam qani?

Sena: dadaaaaa deb Teani quchoqlab oldi.

Sena: oyim menga Sena degan xola haqida gapirib berdi.

Teahyung Jihyeega qarab jilmayib qo'ydi keyin esa Jihyee ham Teahyungga jilmayib qo'ydi.

Hayot bu hayotda nimalar bo'lmaydi deysiz...


Report Page