Tojikiston chegara postiga IShID jangarilari uyushtirgan hujumning qo‘shimcha tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Tojikiston chegara postiga IShID jangarilari uyushtirgan hujumning qo‘shimcha tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

🌐OLTIARIQ_TV

(foto)

Foto: “Gazeta.uz”

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi Tojikiston–O‘zbekiston chegarasida 20 nafar qurollangan va yuziga niqob taqqan IShID jangarilari Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi “Ishqobod” postining “Sultonobod” harbiy otryadiga qilingan hujumning qo‘shimcha tafsilotlarini ma’lum qildi.

Tojikiston IIV matbuot xizmati e’lon qilgan suratlarda IShID va chegara qo‘shinlari o‘rtasidagi otishma hamda to‘qnashuvning ancha jiddiy kechgani, yongan mashinalar, yo‘llarga sochilgan qurollar, jangarilarning murdalari va o‘q parchalaridan ham anglash mumkin.

Foto: “Mk.ru”
Foto: “Tvzvezda.ru”
Foto: Tojikiston IIV matbuot xizmati

5-noyabrdan 6-noyabrga o‘tar kechasi 20 nafar qurollangan va yuziga niqob taqqan jangarilar Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi “Ishqobod” postining “Sultonobod” harbiy otryadiga hujum qilgani, to‘qnashuv natijasida noma’lum shaxslar chegarchilarning 5 ta avtomatini egallab olgani, xavfsizlik xodimlari o‘tkazgan tezkor maxsus harbiy operatsiya davomida qurollangan jinoiy guruhning 15 nafar a’zosi o‘ldirilgani va 5 nafar jangari qo‘lga olingan. Tojikiston tomondan bir nafar askar va militsiya xodimi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Ushlangan noma’lum shaxslar so‘roq qilinganidan keyin jangarilarning Afg‘oniston hududidan qochib o‘tgan IShID terrorchilari ekanligi haqida xabar berilgan.

Report Page