@forexdapulishlash

@forexdapulishlash

Metatreyder


Кредитное плечо, маржа, баланс, эквити, свободная маржа, маржинальный колл и уровень Stop Out на Forex


Во многих случаях я видел трейдеров, которые торгуют на Форексе, но все еще не знают, что такое маржа, баланс, капитал, свободная маржа и маржа.


Маржа и кредитное плечо - два важных термина, которые трудно понять трейдерам форекс. Важно понимать значение и значение маржи, метод ее расчета и роль леварагена в марже.


Levarage

Levarage - это возможность совершать очень большое количество торговых операций за счет небольшой суммы, предоставляемой брокером. Например, если ваш счет levaragei 100: 1, вы можете купить 100 долларов, заплатив 1 доллар. Итак, чтобы купить 100 000 долларов (много), вам нужно всего лишь заплатить 1000 долларов (это всего лишь пример, конечно, никто не платит доллар, чтобы купить много) 


Теперь скажите мне, сколько вы должны заплатить, чтобы купить 10 лотов в долларах со счетом levarage 50: 1?


Правильно, вам придется заплатить 20 000 долларов, чтобы купить 10 лотов, или 1 000 000 долларов.


1 000 000/50 = 20 000 долларов


Очень просто, верно? Чтобы понять следующий термин - маржа, сначала нужно было понять левараген.


наценка


Margin levaragega asoslanib hisoblanadi. Ammo, yaxshiroq tushunib olishimiz uchun keling hozircha uni esimizdan chiqarib hisobimizni leveragelanmagan deb hisoblaymiz. Boshqachasiga aytsak, leverageimiz 1:1 =)


Margin bu pozitsiyada, yani savdoda qatnashuvchi pul miqdori. Misol uchun, sizning hisobingizda $10,000 bor va siz 1000 yevro sotib olmoqchisiz. Buning uchun qancha dollar to’lashingiz kerak?


EUR/USD kotirovkasi hozirda 1.4314 deylik. Bu har bir yevro uchun $1.4314 to’lashingiz kerak degani. Bundan kelib chiqib, 1000 yevro sotib olishingiz uchun sizdan 1,431.40 dollar talab qilinadi:


1000 yevro = 1000 x $1.4314


Agar 1000 EUR/USDli uzoq pozitsiyaga kirsangiz (1000 yevroni dollarga sotib olasiz) unda sizning hisobingizdan 1,431.4 dollar manashu pozitsiyada qatnashish uchun olinadi. Volume(miqdor/obyom)ni 0.01 lot (1000 birlik) qilgan holda buy tugmasini bossangiz 1000 yevroni dollar orqali sotib olishingiz uchun hisobingizdan 1,431.4 dollar mablag’ yechib olinadi. Manashu 1,431.4 dollar margin deb ataladi. Agar endi EUR/USD pozitsiyangizni yopsangiz o’sha 1,431.4 dollar bo’shatiladi va hisobingizga qaytariladi.


Endi faraz qiling, hisobingiz leveragei 100:1 bo’lsin. Endi 1000 yevroni dollarga sotib olishingiz uchun leveragelanmaganda to’lashingiz kerak bo’lgan summaning 1/100 ni yoki 0.01 qismini to’laysiz holos. Shuning uchun endi 1000 yevroni dollarga sotib olishingiz uchun 14.31 dollar to’lshingiz kerak:


$1,431.4 / 100 = $14.31


Endi aytingchi, agar 100:1 levarageli hisob bilan bir lot EUR/USD olsangiz savdoda qancha margin qatnashadi?


Bir lot EUR/USD = 100,000 evro dollarga


EUR/USD kotirovkasi : 1.4314


100,000 x 1.4314 = 143,140.00


Shuning uchun:

Bir lot EUR = $143,140.00


Levarage : 100:1

Margin = $143,140.00 / 100 = $1,431.40


Demak, 100:1 hisobda bir lot EUR/USD pozitsiya ochishimiz uchun bizga 1,431.40 dollar margin kerak bo’lar ekan.

Ballance

Ballance – ballans bu ochiq pozitsiyangiz bo’lmaganda hisobingizda bor bo’lgan pul miqdori. Masalan, $5000 lik hisobingiz bor va hozirda ochiq pozitsiyangiz yo’q bo’lsa, unda ballansingiz 5000 dollar hisoblanadi.


Equity (kapital, hisob)

Equity – bu hisobingiz ballansi va hozirdagi ochiq pozitsiyalaringiz foyda/zararingiz yig’indisidir:


Equity = Balance + Ochiq pozitsiyalar foydasi/zarari


Agar hozirda ochiq pozitsiyanlaringiz bo’lmasa, unda equity hamda hisob balansingiz teng bo’ladi.


Agar bir nechta ochiq pozitsiyalaringiz bo’lib ularning umumiy foydasi hozirda $1,500 bo’lsa unda equity hisob balansingiz va 1,500 dollar yig’indisi hisoblanadi.


Free Margin

Free margin hisobingiz equityi va ochiq pozitsiyalarning marginlarinig farqidir:


Free Margin = Equity – Margin


Agar ochiq pozitsiyangiz bo’lmasa, unda margin sifatida olinuvchi puning o’zi ham bo’lmaydi. Shuning uchun hisobingizdagi barcha pullaringiz erkin/ozod hisoblanadi. Pozitsiya ochmaguningizcha hisobingiz equityi va free margini balansingiz bilan bir xil bo’ladi.


Misol uchun, $10,000 li hisobingiz bor, ochiq pozitsiyalaringiz umumiy margini $900 va o’sha pozitsiyalarinigiz hozirda $400 miqdorda foydada.


Demak:

Equity = $10,000 + $400 = $10,400

Free Margin = $10,400 – $900 = $9,500


Margin Level

Margin Level – bu equityning marginga nisbatidir:


Margin Level = (Equity / Margin) x 100


Margin level – Margin level darajasi bu juda muhimdir. Brokerlar treyderning yangi pozitsiya ocha olaishi yoki ocha olmasgini manashu margin levelga qarab belgilashadi. Xar xil brokerlarning margin levellari ham turlicha bo’lishi mumkin. Ammo, odatda ko’pchilik brokerlarda margin leve 100% qilib belgilanadi. Bu chegara Margin Call Level deb ataladi. Agar, hisobingiz margin darajasi 100%ga yetsa unda ochiq pozitsiyalaringizni yopa olish imkoningiz haliyam bor ammo yangi pozitsiya ocha olmaysiz. 100% margin call darajasi hisobingiz equitysi marginga teng bo’lib qolganda sodir bo’ladi. Bunda sizning ochiq pozitsiyalaringiz va bozor sizga qarshi bo’lib harakatlana boshlaganda sodir bo’lib siz hech qanday yangi pozitsiya ocha olmay qolasiz.


Deylik, $10,000 lik hisobingiz bor va $1000 marginli zararli pozitsiyangiz bor. Agar pozitsiyangiz sizga qarshi borib zarari $9000ga yetsa unda equity $1000 ($10,000 – $9000), bo’ladi. Bu esa ushbu holatda marginga teng. Natijada margin level 100% bo’ladi va siz bozor qarshi tomonga o’zgarib equityingiz margindan kattaroq bo’lmaguncha yangi pozitsiya ochish imkonidan maxrum bo’lasiz.


Ammo, agar bozor sizga qarshi yurishda davom etsachi?


Agar bozor shunday davom etsa broker sizning zararli pozitsiyangizni o’zi yopishiga to’g’ri keladi. Xar xil brokewrlarning bunga chegarasi ham harxilcha. Bu chegara esa Stop Out Level deb ataladi. Masalan, agar brokeringiz stop out levelini 5% ga qo’ygan bo’lsa, unda margin levelingiz 5%ga yetib borishi bilan platforma zqararli pozitsiyalaringizni o’z yopishni boshlaydi. Bunda u eng katta zararli pozitsiyadan boshlaydi.


Odatda, bitta pozitsiyaning yopilishi margin levelni 5%dan balandroq darajaga olib chiqadi. Agar, sizning boshqa zararli pozitsiyalaringiz zarar ko’rishda davom etsa va yana 5% darajagacha yetib borsa, unda tizim yana bir zararli pozitsiyani o’zi yopadi.


Nima uchun margin level stop out leveliga yetib kelganida broker pozitsiyalaringizni yopadi?


Buning sababi, broker o’z hisobingizda mavjud bo’lgan puldan ko’proq pul yo’qotishingizga yo’l qo’yolmaydi. Bozor bir umir sizga qarshi harakatlanishi mumkin va bunday katta davomli zararni to’lay olmaydi.


Diller tomonidan bekor qilindi – Cancelled By the Dealer:


Agar bir vaqtda bir nechta ochiq pozitsiyalaringiz va pending orderlaringiz bo’ladigan bo’lsa va hisobingizda yetarli pul bo’lmagan holda biror pending orderingiz ishga tushadigan holatga kelib qolsa unda o’sha pending order bajarilmaydi va avtomatik ravishda bekor qilinadi. “cancelled by the dealer” nimaligini tushunmaydigan treyderlar esa pending orderi bajarilmaganligidan shikoyatlar qilib yurishadi. Ular brokerni yomonga chiqarishib unga scam laqabini berishadi. Ammo, aslida esa agar hisobingizda yetarli free margin (bo’sh mablag’) bo’lmasa pending orderlaringiz bajarilmaydi.


MT4da pozitsiya ochganingizdan keyin hisobning margin leveli qanday bo’lishini oldindan tekshiruvchi hususiyat bor. Agar u ruhsat berilgan darajada bo’lsa unda sizga pozitsiy ochishingizga ruxsat berishadi. Savdodan keyingi marginni o’lchashning boshlanishi broker tomonidan odatda 120% qilib belgilanadi. Yani pozitsiya ochilgach MT4dagi hisob margini qancha bo’lishi avtomatik hisoblanadi va agar 120%dan kam bo’ladigan bo’lsa unda ochilmoqchi bo’lingan pozitsiya broker tomonidan bekor qilinadi. Albatta, turli brokerlar turlicha savdodan keyingi margin chegarasini qo’yishadi, ammo ko’pincha bu 120%ga teng.


Hisobning ballansi, equityi, margin va margin levellarini qanday tekshiriladi?


Bu malumotlarni MT4 terminali orqali bilib olishingiz mumkin. MT4ni ochin va Ctrl + T ni bosing. Terminal oynasi ochilib sizga ballansingiz, equity, margin, free margin va margin levellarni ko’rsatadi.


Ochiq pozitsiyangiz bo’lganida esa taxminan manabunday ko’rinishda bo’ladi:


Bu boshqa platformalarda farq qilishi mumkin.


Ballans faqatgina pozitsiyani yopsangiz o’zgaradi. Foyda/zarar ballansga qo’shilib/ayrilib yangi ballans chiqariladi.

Ballans – O’zgaruvchi foyda/zarar = Equity


$10,000 – $50 = $10,050

Margin = $2,859.52

(200,000 x 1.4300) / 100 = $2,860.00

Equity – Margin = Free Margin

$10,050 – $2,859.52 = $7,190.48

(Equity / Margin) x 100 = Margin Level

($10,050 / $2,859.52) x 100 = 351.46%

Yaxshi 🙂

Chalkashib ketmadingiz degan umiddaman. Tushunishga ancha oson bo’lishi mumkin. Bu tushuntirilganlar va terminlarni butunlay xazm qivorishingiz uchun yuqoridagi misollarni bir necha bor qayta o’qishingizni maslahat beraman.


Qisqachasiga, Eng Sodda So’zlar Bilan


Levarage: Kam pul bilan yirik savdolarni amalga oshira olishingiz imkoniyatini beruvchi, broker tomonidan taqdim etiladigan bir bonus desak ham bo’ladi. Lavarage 100:1 bo’lganida bu sizning hisobingizda bor puldan 100 marta katta miqdordagi savdo operatsiyalarini amalga oshira olishingizni bildiradi.


Margin: Ochgan pozitsiyangizga qo’ygan/tikgan pulinginz. Misol uchun, levarage 100:1 bo’lgani holda $1000 sotib olishingiz uchun sizdan $10 talab qilinadi/garovga/zalogga olinadi ($1000 / 100 = $10). Manashu pozitsiyangiz ochiq ekan unga qo’ygan $10 ni boshqa poztsiya ochish uchun ishlata olmaysiz. Agar o’sha pozitsiyani yopsangiz $10 margin ozod qilinadi/bo’shatiladi (free margin).


Balance: Pozitsiya ochishingizdan oldin hisobingizda bo’lgan pullarning umumiy miqdori. Agar ochiq pozitsiyangiz bo’lsa va uning foydasi/zarari joriy narxlar bo’yicha ko’tarilsa/tushsa hisobingiz ballansi avvalgidek turaveradi (o’zgarmasdan). Agar pozitsiyani yopsangiz foyda/zarar qo’shilib/ayrilib hisobingizning yangi ballansi chiqariladi.


Eqwuity: Equity bu ballansingiz va ochiq pozitsiyalaringiz foyda/zararining yig’indisi hisoblanadi. Masalan, hisobingiz ballansi $5000 va ochiq pozitsiyalaringiz foydasi $500 bo’lsin deylik, unda hisobingiz equityi $5,500 ga teng bo’ladi. Agar manashu pozitsiyalarni yopsangiz qilgan foydangiz $500 ballansingizga qo’shib olinadi va ballansingizda endi $5,500 ko’rsatiladi. Agar pozitsiyalaringiz -$500 zararli bo’lsa, unda pozitsiyalar ochiqligida hisobingiz equityi $4,500 bo’lardi va o’sha pozitsiyalarni yopib yuborganingizda $500 zarar hisobingiz ballansidan ayirib tashlanadi va natijada ballans $4,500 bo’lib qoladi. Agar ochiq pozitsiyalaringiz bo’lmasa hisobingiz equitysi ballans bilan bir xil bo’ladi.


Free Margin: Free margin bu hech qanday pozitsiyaga qatnashtirilmagan pul bo’lib undan yangi pozitsiyalar ochishda foydalanishingiz mumkin. Margin nimaligi esingizdami? Endi Free margin equity va margin o’rtasidagi farq hisoblanadi. Yuqoridagi misolda pozitsiyangiz margini $10. Keiling, equityni $1000 deb olaylik. Natijada, free margin $990 ni tashkil etadi ($1000 – $10). Agar ochiq pozitsiyalaringiz qancha ko’p foyda keltirsa equity ham shunchalik katta bo’ladi. Natijada free marginingiz ham yanada ko’payadi.


Margin Level: Margin level bu equityning marginga

 nisbati(%). Masalan, equity $1000 va margin ham $1000 deylik. Ubda margin level $1000 / $1000 = 1 yani 100% bo’ladi. Agar equity $2000 bo’lsa unda margin level 200%ni tashkil etadi.


Margin Call Level: Bu agar sizning marginingiz manashu darajadan tushib ketsa yangi pozitsiya ocha olamy qolishingizni bildiradi. Margin call level broker tomonidan belgilanadi. Agar u 100% belgilanadigan bo’lsa unda margin leveli 100% ga yetadigan bo’lsa yangi pozitsiya ocha olmay qolishingizni bildiradi. Agar pozitsiyangiz zararga ketayotgan bo’lsa margin levelingiz pasayib boradi va margin callga borgan sari yaqinlashaveradi. Agar pozitsiyangiz foydali bo’lsa unda margin leveli ko’tarilib margin call levelidan uzoqlashib ketaveradi.


Stop Out Level: Agar margin stop out leveliga yetib kelsa tizim o’zi avtomatik ravishda zararli bitimlaringizni yopishni boshlaydi. U avval eng katta zararli pozitsiyani yopadi. Agar bu yordam bersa unda margin leveli stop out levelidan yuqoriga ko’tariladi va natijada boshqa pozitisyalar yopilmaydi. Kein esa sizning boshqa zararli pozitsiyangiz zarar ko’rishda davom etsa va margin leveli yana stop outdan pastga tushib ketsa tizim endi yana bir zararli pozitsiyani o’zi yopishiga to’g’ri keladi. Bunda ham eng katta zarar keltirayotgan pozitsiya tanlanib yopib yuboriladi.


#Omad 🙂

Report Page