#Football

#Football


Braziliyalik futbolchi Daniel Freytas o‘ldirib ketildi.

Braziliyaning “Sen-Bentu” klubining 24 yoshli futbolchisi Daniel Freytas o‘lik holda topildi. Bu haqda UOL Esporte nashri xabar berdi.


Foto: Google Images.

24 yoshli futbolchining murdasi Kuritibadan uncha uzoq bo‘lmagan San-Joze-dus-Pinyays shaharchasidan topilgan. U qattiq qiynoqqa solib o‘ldirilgan. Tomoq qismiga og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan. Shuningdek, uning jinsiy a’zosini kesib tashlashgan.

Freytasning transfer huquqi “San-Paulu”ga tegishli bo‘lgan.


Report Page