Final

Final

@Hotirjamnafs_kundaligi

BEYL .

Final oldidan Beylni esladim. Bundan bir necha yillar avval sovrinlar va yanada mashhur bo'lish maqsadida Totenxemni tark etgan Garet to'g'risi jarohatlar va Krishtianu fonida Madridda ishlari yurishmadi. To'g'ri u 3 marta chempionlar ligasi kubogini yutdi ammo chinakamiga Realda asosiy figuraga aylanmadi. Balkim bugun Beyl qalbining tub tubida Totenxemda qolsamam bo'larkan degan o'ylar o'tayotgandir. Tasavvur qilyapsizmi bugun Beyl Totenxem tarkibida maydonga tushganda qanday bo'lardi ? Uning sodiqligi va final uchun bosib o'tgan uzoq yillik yo'li, mehnati uni yanada kuchliroq va yanada daxshatliroq qilardi.

Muhammadsalloh.

U bugun maydonda ikki karra ko'proq o'ynaydi. O'tgan yilgi Finaldagi jarohat va to'kilgan achchiq ko'z yoshlarini final arafasida eslayotgan bo'lsa ne ajab. Firminyo, Mane va boshqalar ham eslar ammo Muhammadsallohchalik emas. Sababi hammaning peshonasiga ham ilk daqiqalarda finalda yelkadan jarohat olib tark etish bitilmagan. Misrlik gepardga omad tilaymiz. Sababi Muhammadsaloh ham odam u ikkinchi marta finalda yutqazsa yuragi yorilib ketishi mumkin.

Nozim.

 Liverpolga bir necha yildan beri muhlislik qiladigan bir do'stim bor. 4-5 yil avval Nozimni Liverpol muxlisi ekanligini eshitib hayron bo'lgandim. Boshqa kamanda qurib qolganmi deb o'ylardim. Boshqa do'stlarim tarafdan ham unga nisbatan xazil qilinardi. Chunki Liverpol u paytlar maqtanishga arziydigan emas edi. Ammo do'stim va boshqa Liverpol muxlislari bugun kim aslida kimligini isbotladi. Agar ular bugun yutsa Real va Barsa muxlislaridan ko'ra ko'proq quvonishadi sabab real va barsa o'z muxlislarini kubog va g'alabalardan bezitib yuborishgan. Asalning ham ozi shirin.

O'zim.

Kechagi muqaddas kecha haqida post yozmadim. Bugun esa final to'g'risida fikrlar quyilib kelyabdi. Allohim O'zing kechir va mening final kunim O'zing rahmatingga olgin

Ohirgi marta inglizcha final 2008 yili Manchester - Chelsi o'rtasida bo'lgan ekan. 10 yildan sal oshgan bu muddatda ingliz futboli tezlashsa tezlashdiki aslo sustlashmadi. Umid qilamizki bizni oldinda inglizcha shiddatli dramma kutmoqda.

Report Page