фффф

фффф


Bojxona boshqarmasida “Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omil” mavzusida tadbir tashkil qilindi

@huquqiytarg'ibotJanuary 07, 2022

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Adliya –-arabcha “adl” – adolat, toʻgʻrilik, haqqoniylik, odillik, xolislik kabi maʼnolarni anglatadi. Demak, adliya idoralarining tashkil etilishidan maqsad adolatni, jamiyatda qonun ustuvorligini  taʼminlashdan iboratdir.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi PF- “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-314-son Farmoni bilan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga asos solindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

 Sana munosabati bilan Bojxona boshqarmasida “Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omil” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi D.Umurzoqova, Guliston shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshlig'i U.Tursunmurotov, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Dilshod Xudoyberdiyevlar ishtirok etib, adliya vazirligi tarixi, vazirlikning bugungi kundagi faoliyat yo‘nalishlari, ustuvor vazifalari, missiyasi haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Tadbir mobaynida adliya tizimining jamiyat va xalq farovonligidagi o‘rni, xalqaro qonunchilik maydonidagi mavqei xususida ham atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Adliya organlarining faoliyat yo’nalishlari bo’yicha ishtirokchilar  tomonidan berilgan savollariga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi


Report Page