Feride

Feride

Radius 21

Oh, bu farishta Feride esiz,

Orzulari cheksiz bo`lgan qishloqdan go`zal bu qiz.

Istardi boylik, “modelniy” biznes,

O`tdi tunlar uyqusiz, kutardi sabrsiz.

Sanalardi har bir kun, to`planardi pul,

Yuzida go`zal tabassum, ko`zlarida nur.

Xayolida fotosessiya, paparatssi, jurnal,

Fashion, podium, atrofida shahzodalar.

Qachon tugaydi maktab, savol qaytadan berilib,

Ezmalandi har soat, yurak ketdiku ezilib.

U rostdan ham go`zal edi, qomati kelishgan,

Nozik bo`lgan barmoqlarin nafis uzuklar bezagan.

Ko`m-ko`k ko`zlar, oh go`zal bu manzara,

Maftun qilardi odamni, sezilardi istara.

Chet elda yuragi uni, kutardi provinsiya,

So`ng Moskva, Amerika, hattoki Gretsiya.

Bir tarafdan qo`rqib, hayotdagi prinsiplar,

Aldab ketishsachi agar, chet eldagi yigitlar?

O`ylandi, kutdi, rejalar tuzdi uzoq,

Chetda bo`lsam, derdi yanada tezroq.

Yurakka dalda berdi, vaqti ham kelgan edi,

U yerda yashash uchun besh yuz dollari bor edi.

Shpilka, tufli, kofta, mini yubochka,

Ozgina kosmetika, kichkina sumochka.

Onasi duo qildi, ostona hatlab o`tdi,

Samolyot tezlik bilan manziliga kelib qo`ndi.

Fashion, moda, byuro, qolmadi agentlik,

Topilmadi hech bir joy, topilgani – besh tiyinlik.

Oradan bir oy o`tdi, ko`rinmadi ish tagi,

Uni qutqarib qoldi haloskor Volkswagendagi.

Osmondagi va’dalar, yoqimli xushomad,

Gullar, pul, restoran, so`ng xaqorat.

Xiyonat qildi, xo`sh, bu katta shahar,

Odamning xatolari balkim yaxshi hayotga boshlar?!

Keyin ikkinchi, so`ngra uchinchi bir amaki boy,

Uni sevib qoldi!

Rejalar bisyor edi, Rio de Janeyro, Rim,

Ajoyib roman edi, xuddi “happy end”li film.

Mashina, dacha, to`yni rejalashtirdi,

Bilsa, firibgar ekan, qamalib ketdi…

Yana bir bankir – undan keyingi manzil,

Ishda kirim faqat, hamma gaplari hazil.

Tug`ilgan kunim dedi, yolg`iz qoldirma meni,

Do`stlarim ham bor dedi, Feride rozi bo`ldi.

Tug`ilgan kun, chetda bir dacha,

Yo`li ham shahardan anchagina uzoqda joylashgan ekan.

Bayramni nishonlashdi, bankir yo`q,

Feride uni izlab, do`stlaridan eshitdi quyidagicha gap:

“U seni qimorda yutqazib qo`ydi,

Asaloy, ranjima, shunaqasi ham bo`ladi”.

Ko`pligidan chalkashib ketdi,

Xato, barbod, ordan judo, sado, nido, eshitmadi Xudo.

Shpilka singan, yirtilib ketgan yubochka,

Bo`yalgan kosmetika, pulga to`lgan sumochka.

Feride darrov qochib, pullarni ilib,

Shahar tomon yo`lda ketayotib birdan o`ylanib:

“Pul uchun qimmat tasqara, mayli”, deya o`zidan rozi.

Qolmadi ko`zida olmosi – nozi, qolgandi ozi,

Pul uchun sabr edi, sabr uchun pul edi – hayotimiz qonuni.

Bilinmay bir yil o`tdi, uyiga olindi bilet,

Jonga tekkan bu hayot, ortida qolardi chet.

Yillar to`plangan ko`z yoshlar to`kilib ketdiku,

Nahot orzu qilingan hayot aynan shu?

Oh, bu farishta Feride esiz,

Orzulari cheksiz bo`lgan qishloqdan go`zal bu qiz.

O`ylandi, kutdi, rejalar tuzdi uzoq,

Chetda bo`lsam, derdi sodda qiz, tezroq.


Report Page