O‘zbekistonda ilk bor FD-2000 rusumli Havo hujumiga qarshi raketa sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor FD-2000 rusumli Havo hujumiga qarshi raketa sinovdan o‘tkaziladi

🌐OLTIARIQ_TV

»»»

Kadr: “O‘zbekiston 24”

Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” poligonida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra, qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari rahbarligida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketa sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur FD-2000 rusumli raketa O‘zbekistonda ilk bor sinovdan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitida barqaror o‘rin egallabgina qolmay, nafaqat hududiy, balki mintaqadagi tinchlikni ta’minlashga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, o‘z jangovar qobiliyatini takomillashtirib bormoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Report Page