Farg‘onada Katta Farg‘ona Kanalining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro suv anjumani bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Katta Farg‘ona Kanalining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro suv anjumani bo‘lib o‘tdi

🌐OLTIARIQ_TV

»»»

Vodiy24.uz

Farg‘ona vodiysining asosiy yer maydonlari transchegaraviy suv manbalari – daryo va soylardan kelayotgan obihayot hisobidan sug‘oriladi. Vodiy aholisi uchun bu manbalardan oqilona foydalanish o‘ta muhim masala hisoblanadi.

Farg‘onada tashkil etilgan «Transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish va kelajak avlod uchun uni saqlab qolish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro anjuman ham shu masalalarga bag‘ishlandi. Bu haqda vodiy24.uz sayti xabar berdi.

Ikki kunga rejalashtirilgan anjumanning dastlabki qismi viloyat hokimligining Vodildagi qabullar zalidan boshlandi. Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari vakillari, uch mamlakatning davlat suv xo‘jaligi mutasaddilari unda ishtirok etdilar.


Anjuman davomida har bir mamlakat vakillari o‘zlarining taqdimot materiallari bilan qatnashib, mavzuga oid muammoli masalalarni hal etish yo‘llarini taklif etishdi. Suv xo‘jaligidagi hamkorlik davomida iqlim o‘zgarishi va boshqa sabablar tufayli yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi o‘rganildi.

Jumladan, xalqaro hamkorlik, xalqaro donor tashkilotlar ko‘magida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish borasida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishni joriy etish bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tashkilotlar - Jahon bankining suv resurslari bo‘yicha mutaxassislari, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha German jamiyati vakillari bu yo‘nalishda o‘z fikr – mulohazalarini bildirdilar.

Anjumanda ishtirok etgan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha German jamiyati loyihasi rahbari KAROLINA MILOV shunday deydi:

- Anjumanning ikkinchi kuni biz 11 gektar bog‘da tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgani bilan tanishib qaytamiz. Bu loyiha Xalqaro hamkorlik bo‘yicha German Jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Buning uchun Yevroittifoq tomonidan 12 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratilgan hamda ushbu mablag‘lar hisobidan O‘zbekistonning Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ilg‘or innovatsion texnologiyalar ko‘magida suv resurslaridan oqilona foydalanish tizimini joriy etganmiz.

Ishtirokchilar shu kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona vodiysi hududida suv resurslaridan o‘tgan asrlarda xalqimiz naqadar tejamkorlik bilan foydalanib kelganini ifodalovchi muzey faoliyati bilan ham tanishdilar. Bu yerda suv resurslaridan foydalanish, jumladan, suvning bir misqolini ham isrof qilmaslik uchun qaysi ko‘rinishdagi suv inshootlari, gidrotexnik qurilmalardan foydalanib kelingani haqida xabar beruvchi boy materiallar hamda eksponatlar joylashgan.

1939 yilning 3 iyuni kanal tavallud topgan kun sanaladi. Shu sanada eʼlon qilingan Xukumat qaroriga ko‘ra uning qurilishiga kirishilgan va xalqimizning mardonavor hashari, fidokorona mehnati bilan 45 kun deganda Katta Farg‘ona Kanali (KFK) kavlab bo‘lindi va u o‘zbek xalqining mehnat jasorati ramziga aylandi. Kanal kazilishida ishtirok etgan xalqimizning uyushqoqligi va mehnasevarligi nodir videotasmalarda o‘z aksini topgan.

KFK - Fargona vodiysining tirik qon tomiri. U tufayli oltin vodiy haqiqiy marvaridga aylangan.Xalqimiz azaldan suvni zarga, suvchini esa zargarga qiyoslagan.

Report Page