Farg‘onada “Obod qishloq” dasturi mablag‘larini talon-toroj qilgan rahbarlarga jazo tayinlandi.

Farg‘onada “Obod qishloq” dasturi mablag‘larini talon-toroj qilgan rahbarlarga jazo tayinlandi.

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》

Foto: “Xalq so‘zi Online”.

Farg‘onada budjet va “Obod qishloq” dasturi uchun ajratilgan katta miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilgan yo‘l korxonasi rahbarlariga sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Bag‘dod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari Sharofiddin Kamolov, Mirzaanvar Hamdamov va bosh hisobchi Sherzod Hojimurodov mansab vakolatlaridan foydalanib, davlat budjetining mablag‘larini maqsadli sarflash o‘rniga o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Ular buyurtmachi “Farg‘ona mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan Bag‘dod tumani Qatag‘on qishlog‘ida 4,2 kilometr uzunlikda ichki xo‘jalik yo‘llarini joriy ta’mirlash uchun avans tariqasida o‘tkazib berilgan 179 million 340 ming so‘m miqdoridagi budjet mablag‘laridan 105 million 453 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini bajargan, xolos.

Qolgan mablag‘larni to‘lov topshiriqnomalari orqali hech qanday hujjatlarsiz chiqim qilib, 63 million 434 ming so‘m ko‘p miqdoridagi budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Mazkur o‘tkazilgan pullarni korxona hisobotlarida qayd etmasdan, rasmiy hujjat hisoblangan korxona hisobotlariga bila turib, soxta ma’lumotlar kiritib, “Farg‘ona mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasiga taqdim qilib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Bundan tashqari, Sharofiddin Kamolov jinoiy harakatlarini davom ettirib, “Uzyo‘l-butlash” sho‘ba korxonasi tomonidan Buyuk Britaniyadan bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llab import qilingan va “Obod qishloq” dasturi doirasida yo‘l qurilish ishlarini amalga oshirish uchun korxonaga berilgan umumiy qiymati 94 million 695 ming 675 so‘mlik 53 tonna 780 kilogramm bitum mahsulotini Kokand Gold Future mas’uliyati cheklangan jamiyatiga mayda donali issiq asfalt tayyorlash uchun dalolatnoma asosida o‘tkazib beradi.

U yerda tayyorlangan 747,5 tonna 143 million 45 ming 963 so‘mlik mahsulotni ishonchnoma bo‘yicha boshqa mas’ul xodim olishi lozim bo‘lsa-da, uning nomidan imzo qo‘yib, hujjatlarni qalbakilashtirgan. Kamolov qariyb 110 million so‘mlik 574,9 tonna asfalt mahsulotini korxonaga kirim qilmasdan o‘zlashtirib yuborgan.

Mirzaanvar Hamdamov esa 2018-yil 16-oktabrdan 2019-yil 18-martga qadar Bag‘dod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari lavozimida ishlagan. U “Qatag‘on” qishlog‘ining ichki yo‘llarini joriy ta’mirlash uchun avans tariqasida o‘tkazib berilgan 278 million 220 ming so‘m miqdoridagi budjet mablag‘idan 199 million 220 ming so‘miga qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarib, qolgan pul mablag‘ini o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanib, to‘lov topshiriqnomalari orqali turli firmalarga o‘tkazadi.

70 million so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini boshqa maqsadlar uchun sarflab yuborib, davlat va jamiyat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazdi.

Sud hukmi bilan qonunbuzarlarning har biriga o‘z qilmishlariga yarasha jazo tayinlandi. Jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘liq qoplandi. Shuningdek ularning barchasi ma’lum muddatga muayyan huquqdan, ya’ni korxona, tashkilot hamda muassasalarda moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.


Report Page